Seshanba, 24-noyabr, 2026
Havo 81 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +16° kechasi +9°
Читать на русском

Bugun Javohir Sindorov jahon chempionligi uchun kurashni boshlaydi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov bugun, 24-noyabr kuni amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi jahon chempionligi uchun bahslarga kirishadi. Uchrashuvlar 12-dekabrga qadar davom etadi.

1 daqiqa o‘qiladi

Javohir Sindarov va Gukesh

Shveysariyaning Jeneva shahrida shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi uchun hal qiluvchi bahslar boshlanmoqda. Unda O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan Javohir Sindorov amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju bilan kuch sinashadi.

14 partiyalik bahs

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, raqiblar 12-dekabrga qadar jami 14 ta klassik partiya o‘ynaydi. Qur’a natijalariga asosan, Sindorov toq raqamli partiyalarda oq, juft raqamli bahslarda esa qora donalarda harakat qiladi.

Agar asosiy bahslar yakunida hisob teng bo‘lib qolsa, jahon chempioni 12-dekabr kuni o‘tkaziladigan qo‘shimcha tay-breyk partiyalarida aniqlanadi.

Barcha uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi

Chempionlik uchun kurash doirasidagi barcha partiyalar Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.

Bugun bo‘lib o‘tadigan ilk partiyada Javohir Sindorov oq donalarda o‘ynaydi.