Uzum Market bir qator tovar toifalari bo‘yicha komissiyalarni yangilamoqda hamda logistika yig‘imi va saqlash tariflari haqida eslatmoqda
Uzum Market bir qator tovar toifalari bo‘yicha komissiya stavkalari o‘zgarishini ma’lum qiladi. Yangi stavkalar 2026-yil 9-dekabrdan kuchga kiradi.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zgarishlar asosan musiqa asboblari, musiqa va studiya uskunalari, ularning aksessuarlari, shuningdek, mushuklar va itlar uchun maxsus ozuqa toifalariga ta’sir qiladi.
Tovar toifasiga qarab komissiya stavkasi 10% dan 23% gacha bo‘ladi. Masalan, quvvat kuchaytirgichlari uchun komissiya stavkasi 10%, ayrim gitara va klavishli cholg‘u asboblari uchun 13%, ayrim zarbli va puflama cholg‘u asboblari uchun 15%, ba’zi aksessuarlar va butlovchi qismlar uchun esa 23% etib belgilangan.
Toifalarning to‘liq ro‘yxati va tegishli komissiya stavkalari havoladagi ro‘yxatda keltirilgan.
Bundan tashqari, Uzum Market logistik yig‘im va tovarlarni pullik saqlash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bitta bo‘limda birlashtiradi. Endi sotuvchilarga amaldagi tariflar va ularni hisoblash tartibi haqidagi ma’lumotlarni topish qulayroq bo‘ladi — barcha ma’lumotlar sotuvchi yo‘riqnomasining 3-bandida jamlangan.
Logistik yig‘im va saqlash tariflari bo‘yicha batafsil shartlar havola orqali.
Uzum Market sotuvchilar uchun platforma bilan ishlashni yanada qulayroq qilish maqsadida marketpleysni rivojlantirish va jarayonlarni takomillashtirishni davom ettirmoqda.



