Seshanba, 24-noyabr, 2026
Havo 82 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +13° kechasi +9°

Shavkat Mirziyoyev Iordaniyada rasmiy kutib olindi

Ammandagi “Al-Husayniya” saroyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat tashrifi doirasida rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Iordaniyada

Davlat tashrifi bilan Iordaniyada bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Amman shahridagi “Al-Husayniya” saroyida rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasini Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn hamda malika Raniya al-Abdulla kutib oldi.

Davlat rahbarini kutib olish marosimi harbiy protokol asosida tashkil etildi. Uning sharafiga to‘plardan o‘q uzildi, saroy oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.

Davlat madhiyalari yangradi

Shavkat Mirziyoyev va Abdulla II shohsupaga ko‘tarilgach, ikki mamlakatning davlat madhiyalari ijro etildi. Shundan so‘ng prezident va qirol faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.

Rasmiy marosim yakunlanganidan keyin O‘zbekiston va Iordaniya davlat rahbarlari o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.