Rossiyada koronavirusning yangi “ХЕС” shtammi tez tarqalmoqda
Uning simptomlari “omikron”ning boshqa subvariantlariga o‘xshash.
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada “ХЕС” deb nomlangan yangi koronavirus varianti tez tarqalmoqda, uning simptomlari “omikron”ning boshqa subvariantlariga o‘xshash.
Simptomlar avvalgi koronavirusga o‘xshash
“XEC” — bu FLiRT nomli omikronning avvalgi ikki subvariantining qorishmasi. Yangi virus simptomlari avvalgi koronavirus belgilariga o‘xshash: isitma, tomoq og‘rig‘i va bosh og‘rig‘i, yo‘tal, hid va ishtaha yo‘qolishi, charchoq va burun oqishi kabi belgilari bor.
Kasallanish foizi jiddiy ravishda ortgan
Ma’lum qilinishicha, Rossiyada 9-sentabrdan 15-sentabrgacha bo‘lgan hafta davomida 32 mingdan ortiq koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi. Bu avvalgi haftaga nisbatan 30%ga ko‘p va jiddiy ko‘rsatkichdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq CoVIDning yangi shtammi paydo bo‘lgani va u qanchalik xavfli ekanligi haqida batafsil ma’lumot bergan edik.



