$
 12618.63
-49.51
 14516.47
-124.1
 160.83
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

CoVIDning yangi shtammi paydo bo‘ldi, u qanchalik xavfli?

kovid

Ma’lum qilinishicha, CoVID-19 ning yangi shtammi XEC birinchi marta Germaniyada 2024-yilning iyun oyida aniqlangan va shu paytgacha Buyuk Britaniya, AQSH, Daniya va boshqa bir qator davlatlarda ham qayd etilgan. Amerikalik olim, Scripps Research institutining direktori Erik Topol bu haqida X ijtimoiy tarmog‘ida o‘z fikrlarini bildirdi. U XEC tarqalishi “endi boshlanayotgani”ni ta’kidladi.

Topolning so‘zlariga qaraganda, ushbu variant keng tarqalishi uchun bir necha hafta yoki oylar kerak bo‘ladi va shundan keyin u jiddiy to‘lqin keltirib chiqarishi mumkin. Ayni vaqtda XEC asosiy variantga aylanib bormoqda, u tez orada keng miqyosda tarqalishi mumkin. Biroq bu darajaga yetishi uchun hali bir qancha vaqt kerak bo‘ladi”, — deb izoh berdi u LA Timesga.

Kasallikning mutatsiyaga uchragani uning tezroq tarqalishiga ko‘mak beradi

Shuningdek, olimlar XEC avvalgi CoVID-19 variantlariga nisbatan bir necha mutatsiyalarga ega bo‘lib, bu uning tezroq tarqalishiga yordam berishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Shuningdek, ular hozirgi vaksinalar inson sog‘lig‘i uchun eng jiddiy oqibatlarning oldini olishda samarali bo‘lib qolishini qayd etishdi.

O‘xshash simptomlar kuzatilmoqda

XEC bilan bog‘liq simptomlar oldingi CoVID-19 variantlariga o‘xshash bo‘lib, ular yuqori tana harorati, turli tana qismlarida og‘riq, charchoq, yo‘tal yoki tomoq og‘rig‘ini o‘z ichiga oladi.

Tadqiqotchilar XEC jamoat sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligini aytishyapti. Shu sababli, kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida vaksinatsiya va ehtiyot choralariga e’tibor qaratish zarur, deyilyapti.

Теги :
Jamiyat