$
 11783.47
-14.45
 13688.86
-51.0
 139.70
1.7
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyatdan xavotir bildirdi

Tashqi ishlar vazirligi

O‘zbekiston Yaqin Sharqda vaziyatning yanada keskinlashib borayotganidan, xususan, Saudiya Arabistoni hududiga raketa va uchuvchisiz uchish apparatlari orqali hujumlar amalga oshirilayotganidan chuqur xavotirda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

Tinch aholi va muhim infratuzilmaga hujumlar qoralanmoqda

Vazirlik tinch aholi, fuqarolik va energetika infratuzilmasi obyektlariga qarshi kuch ishlatilishini keskin qoraladi. Shuningdek, mintaqa davlatlari xavfsizligiga hamda xalqaro kema qatnoviga tahdid soladigan har qanday harakatga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston xalqaro huquq normalariga, jumladan, davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini hurmat qilish tamoyillariga qat’iy rioya etish zarurligini qayd etdi.

Kelishmovchiliklarni faqat diplomatik yo‘l bilan hal etish taklif qilindi

TIV mavjud ziddiyatlarni kuch ishlatish orqali emas, balki siyosiy-diplomatik vositalar, muloqot va o‘zaro hurmat asosida hal etish lozimligini bildirdi.

O‘zbekiston, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va mintaqa davlatlarining Yaqin Sharqdagi keskinlikni yumshatish, mojaroning yanada kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda barqaror tinchlik o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Теги :
Jamiyat