Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +11° kechasi +9°

Tramp 3-jahon urushini “bashorat” qildi

Bunda sobiq prezident 3-4 oy ichida amaldagi AQSH hukumati jahon urushini boshlashi mumkinligi haqida ma‘lum qilgan.

2 daqiqa o‘qiladi

Tramp 3-jahon urushini “bashorat” qildi

Amaldagi AQSh hukumati bir necha oy ichida uchinchi jahon urushini boshlashi mumkin. Bu haqda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp ijtimoiy tarmoqda efirga uzatilgan Kaliforniya saylovoldi tashviqoti mitingida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Urush “bashorati”

“Men asosan keyingi uch oydan xavotirdaman. Uch yarim-to‘rt oy ichida bizda bor odamlar (AQShning hozirgi hukumati) tufayli jahon urushi holatiga tushib qolamiz”, — deya ogohlantirdi siyosatchi.

Tramp nahotki urushlarni to‘xtatmoqchi?

U noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Ukrainadagi mojaroni hal qilishga, shuningdek, “Yaqin Sharqdagi tartibsizlikni to‘xtatishga” va’da berdi.

Tramp avvalroq uning raqibi Kamala Xarris uchinchi jahon urushining oldini olishga qodir emasligini aytgan edi. Respublikachiga ko‘ra, agar u g‘alaba qozonsa, Vashington Rossiya bilan harbiy mojaroga duch keladi.

AQShda prezidentlik saylovlari 5-noyabrkuni bo‘lib o‘tadi. Unda Demokratik partiyadan vitse-prezident Xarris, Respublikachilar partiyasidan esa sobiq prezident Tramp ishtirok etadi.

“Tinchliksevar” prezident

Donald Tramp bundan avval migrantlarni qatl etish etish haqida ham nutq so‘zlagan edi.

“Men Amerika fuqarosi yoki huquq-tartibot xodimini o‘ldirgan har qanday muhojirni o‘lim jazosiga chaqiraman”, - degan u Kolorado shtatida tarafdorlari oldida qilgan chiqishida.

Bundan tashqari, sobiq prezident 5-noyabr kuni AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, 1798-yilda qabul qilingan, ammo Ikkinchi jahon urushidan beri amalda bo‘lmagan xorijiy dushmanlar to‘g‘risidagi qonunni kuchga kiritishga va’da bergan.