Endi “Amerika orzusi” o‘limga olib kelishi mumkin
O‘zbekistonliklar uchun “orzu diyori” kabi tuyuladigan AQShda sobiq prezident muhojirlar uchun qat‘iy o‘lim jazosini joriy etish haqida nutq so‘zlamoqda.
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp saylovlarda g‘alaba qozonsa ikkinchi jahon urushidan beri ishlamaydigan , xorijiy dushmanlar to‘g‘risidagi qonunni kuchga kiritmoqchi.
O‘lim jazosi
AQShning sobiq prezidenti, Respublikachilar partiyasidan davlat rahbari lavozimiga nomzod Donald Tramp agar muhojirlar Amerika fuqarolari va huquq-tartibot idoralari xodimlarini o‘ldirsa, ularni qatl qilishga chaqirdi.
“Men Amerika fuqarosi yoki huquq-tartibot xodimini o‘ldirgan har qanday muhojirni o‘lim jazosiga chaqiraman”, - dedi u Kolorado shtatida tarafdorlari oldida qilgan chiqishida.
Urush davridagi qonun tinchlikdan darak emas
Bundan tashqari, sobiq prezident 5-noyabr kuni AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, 1798-yilda qabul qilingan, ammo ikkinchi jahon urushidan beri amalda bo‘lmagan xorijiy dushmanlar to‘g‘risidagi qonunni kuchga kiritishga va’da bermoqda.
Ushbu qonunga ko‘ra, Tramp xorijiy guruhlarning barcha a’zolarini hech qanday sud jarayonisiz mamlakatdan deport qilib yuborishga va’da bergan.



