$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Umra ziyorati uchun litsenziya olishda yangi talablar belgilandi

Umra ziyorati

Vazirlar Mahkamasi Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq yangi tartiblarni belgiladi. Hukumatning shu yil 9 oktyabr kungi qarori bilan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita litsenziyasining bir qator talab va shartlari e’lon qilindi.

1 million dollar “Ziyorat jamg‘armasi”

Jumladan, Umra tadbirlarini tashkil etuvchilar 1 million dollar mablag‘ni “Ziyorat jamg‘armasi”ga zaxira qilib qo‘yishlari shart.

Qarorda, shuningdek, ziyoratchilarning guruh rahbari etib O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma asosida diniy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassisni tayinlash; turfirma shtatida diniy (islomiy) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bir nafar mutaxassisning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot; voyaga yetmagan fuqarolarga xizmat ko‘rsatmaslik; o‘z faoliyatini turoperator va turagentlar orqali amalga oshirmaslik kabi talablar ham belgilangan.

Bundan tashqari, yangi hujjatda:

-       Umra xizmatlari Saudiya Arabistoni podshohligidagi hamkor tashkilot o‘rtasida imzolanadigan shartnomaga muvofiq amalga oshirish va ular ko‘rsatadigan xizmatlar uchun to‘lovlarni bank muassasalari orqali amalga oshirish;

-       ziyoratchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish, xususan o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash;

-       xalqaro yo‘nalishda 2 yildan kam bo‘lmagan tajribaga ega, bu davrda yo‘lovchi tashishning xalqaro va milliy qonunchilik talablarini buzmagan aviakompaniya bilan hamkorlik qilish;

-       ziyoratchilarni toifasi 3 yulduzdan kam bo‘lmagan mehmonxonalarga joylashtirish;

-       Umra xizmatini 3-davlatlar orqali ko‘rsatmaslik singari yana bir qator shartlar ham nazarda tutilgan.

Guruh rahbari diniy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassis bo‘lishi kerak

Qarorda, shuningdek, ziyoratchilarning guruh rahbari etib Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan shartnoma asosida diniy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassisni tayinlash;

-       turfirma shtatida diniy (islomiy) taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bir nafar mutaxassisning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumot;

-       voyaga yetmagan fuqarolarga xizmat koʻrsatmaslik;

-       oʻz faoliyatini turoperator va turagentlar orqali amalga oshirmaslik kabi talablar ham belgilangan.

Sentabr oyida Din ishlari boʻyicha qoʻmita Umra masalasida ogohlantirish eʼlon qilgandi. Unda litsenziyaga ega xususiy turoperatorlar tomonidan Umra ziyoratini tashkil etish 5-oktabrgacha amalga oshirilishi aytilgandi.

Теги :
Jamiyat