$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Umra tadbirlarini uyushtirish bilan shug‘ullanayotgan turoperatorlar ogohlantirildi

din ishlari

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita “Umra” tadbirlarini tashkil etayotgan turoperatorlarga ogohlantirish bilan chiqdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Oktyabr – dekabr oylarida “Umra safarlari reklamasi

Internet va ijtimoiy tarmoqlarda “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga oid xizmatlar bo‘yicha reklamalar faollashgani, asosan, tegishli litsenziya va ruxsatnomalarga ega bo‘lmagan tur kompaniyalar mazkur xizmatlarni reklama qilayotganligi kuzatilmoqda. Ayniqsa, joriy yilning oktyabr-dekabr oylarida “Umra"ga yuborish bo‘yicha xizmatlar keng reklama qilinmoqda.

Litsenziyalanadigan alohida faoliyat turi

Joriy yilning iyul oyida prezident tomonidan imzolangan qonun bilan “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha faoliyat litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilangandi. Qonun joriy yilning 5-oktabridan kuchga kiradi. Unga muvofiq litsenziyaga ega bo‘lgan turoperatorlar tomonidan “Umra” xizmatlarni ko‘rsatish mazkur sanagacha amalga oshiriladi. Undan keyin esa bu bo‘yicha barcha turdagi faoliyat noqonuniy hisoblanadi.

Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinib, unda turoperatorlarga qo‘yiladigan yangi talablar belgilanadi.

Jarimalar miqdori

Yuqoridagi qonun bilan qo‘mita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ hisoblanadi. Bu boradagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdori BHMning 200 baravari (68 mln. so‘m) etib belgilangan. Shu bilan birga, mazkur faoliyatni litsenziyalaganlik uchun to‘lanadigan davlat boji BHMning 10 baravarini (3,4 mln. so‘m) tashkil etadi.

Qo‘mita fuqarolarni “Umra” amallarini xavfsiz bajarishlari, keyinchalik turli ko‘ngilsiz holatga tushib qolmasliklari uchun ishonchli va kafolatlangan turoperatorlar xizmatidan foydalanishga chaqirdi.

Теги :
Jamiyat