$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

2 yil ichida O‘zbekistonda transport inqirozi yuz berishi mumkin – ekspert

logistika

Xalqaro transport va logistika sohasidagi yetakchi ekspert Aleksey Bezborodov tomonidan O‘zbekiston transport infratuzilmasi holati va muammolarini bartaraf etish yuzasidan ekspert xulosasi berildi. Bu haqda “Iqtisodiy sharh” jurnali xabar berdi.

Yangi xorijiy va qo‘shma korxonalarning 3 foizi transport va logistika sektori hisobiga to‘g‘ri kelmoqda 

2024-yilning birinchi yarim yilligi statistika ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda tashkil etilgan yangi xorijiy va qo‘shma korxonalarning 3% transport va logistika sektori hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. 

2018–2022-yillarda tashish va saqlash xizmatlariga jalb qilingan investisiyaning samaradorligi nisbatan past 0,2%ni, shundan 2022-yilda investisiya samaradorligi indeksi 4,7%ni tashkil etgan.

O‘zbekistonda transport inqirozi boshlanishi mumkin

Ekspertga ko‘ra, mamlakat transport-logistika infratuzilmasida tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmasa, keyingi 1,5-2 yil ichida O‘zbekistonda transport inqirozi yuz berishi mumkin. Ushbu muammo nafaqat transport sohani, balkim iqtisodiyot tarmoqlari bo‘lgan sanoat va qishloq xo‘jaligi sohasiga salbiy ta’sir o‘tkazadi

Ekspertning fikriga ko‘ra, mamlakat infratuzilmasini to‘liq yangitdan tortish va modernizatsiya qilish uchun $50 mlrd.gacha mablag‘ talab etiladi.

Теги :
Jamiyat