Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi
Yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik sabab poytaxtdagi ikki ko‘chaning ayrim qismlarida avtomobillar harakati 2026-yil 30-noyabrdan 2027-yil 10-yanvargacha to‘xtatiladi.
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida Yangi yil bayrami tadbirlarini tashkil etish va ularga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakatiga vaqtinchalik cheklovlar kiritiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qaysi ko‘chalarda harakat cheklanadi?
Hokimlik ma’lumotiga ko‘ra, cheklovlar ikki bosqichda joriy etiladi. Tayyorgarlik ishlarining birinchi bosqichida quyidagi ko‘cha qismlarida avtomobillar harakati vaqtincha to‘xtatiladi:
Istiqlol ko‘chasining Buyuk Turon va Zarafshon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi bilan kesishgan joyidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismi.
Mazkur cheklovlar 2026-yil 30-noyabrdan 2027-yil 10-yanvargacha amal qiladi.
Ikkinchi bosqich bo‘yicha ma’lumot beriladi
Shahar hokimligi Yangi yil tadbirlariga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichida qaysi hududlarda transport harakati cheklanishi haqida keyinroq qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishini bildirdi.
Haydovchilarga esa vaqtinchalik cheklovlarni hisobga olgan holda safar yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish tavsiya etildi.



