$
 12915.07
15.07
 14659.90
64.84
 156.43
-0.89
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Futbol tarixidagi eng yirik hisoblar: Osiyo Kubogi U17 saralashi o‘yinida Tojikiston 33:0 hisobida g‘alaba qozondi

Madagaskar

Osiyo Kubogi U17 saralashi J guruhi doirasida Singapurda o‘tayotgan 1-tur bahsida qo‘shni Tojikiston o‘smirlar jamoasi Guam U17 jamoasini futbolga xos bo‘lmagan natija – 33:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘zi futbol tarixidagi eng yirik natijalar qanday va qachon qayd etilgan?

Osiyo Kubogi U17 saralash bosqichi

Bugun Osiyo Kubogi U17 saralash bosqich bahslariga start berildi. J guruhining ilk o‘yinida qo‘shni Tojikiston o‘smirlar jamoasi Guam U17 jamoasi ustidan futbolda sodir bo‘lavermaydigan 33:0 hisobida zafar quchishdi. Jamoa safida «Istiqlol» klubining yosh hujumchisi Muhammad Nazriyev 14 ta golga mualliflik qiladi. Xitoy Taypeyi mezbonligidagi 1-tur uchrashuvida Islombek Ismoilov murabbiyligidagi O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi esa Falastinga qarshi maydonga tushib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondilar. Jamoamizning Ye guruhi doirasidagi keyingi ikki uchrashuvlari Xitoy Taypeyi va Iroq o‘smirlariga qarshi o‘tadi.

Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan o‘yin

Qo‘shnilarimizning g‘alabasidan ilhomlangan holda tarixni titib, yana qachon bunday natijalar qayd etilgani, umuman, futboldagi bunday natijalar qanday sabablarga ko‘ra qayd etilishi bilan qiziqdik. Futbol tarixidagi eng g‘alati o‘yinlardan biri 2002-yilning 31-oktyabrida Madagaskar chempionati doirasida “Adema” hamda “Stad Olimpik l’Emirn” jamoalari ishtirokida sodir bo‘lgan. O‘sha bahsda “Stad Olimpik l’Emirn” jamoasi a’zolari hakamlarning adolatsiz qarorlariga norozilik sifatida o‘z darvozalariga naqd 149 ta avtogol urgan. Keyinchalik bu futbol tarixidagi eng yirik hisob qayd etilgan o‘yin sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Tarixdagi eng yirik natijalar

Futbol tarixidagi eng yirik natijalar ko‘plab musobaqalarda qayd etilgan va turli bosqichlarda turli darajalarda sodir bo‘lgan. Quyida ana shunday ba’zi yirik natijalarni ko‘rib chiqish mumkin:

Arbrot 36–0 Bon Akkord (1885) Shotlandiyadagi kubok o‘yinlaridan biri hisoblanib, professional futboldagi eng yirik hisoblardan biri hisoblanadi. Bu o‘yin davomida Arbrot jamoasi o‘z raqibini mag‘lub etgan.

Avstraliya 31–0 Amerika Samoasi (2001) Bu jahon chempionati saralash o‘yinida qayd etilgan eng yirik hisobdir. Avstraliya Amerika Samoasiga qarshi o‘yinda g‘alaba qozongan va bu natija FIFA musobaqalaridagi eng yirik g‘alaba hisoblanadi.

Ispaniya 12–1 Malta (1983) Ispaniya 1984 yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida Martaga qarshi o‘yinda 12:1 hisobida g‘alaba qozongan. Bu natija Ispaniyani turnirga chiqarish uchun muhim bo‘lgan.

APL

Bugungi kunda dunyo futbolida mahalliy chempionatlar ichra peshqadam bo‘lib turgan Premer-liga o‘yinlarida ham yirik hisoblar qayd etilib turgan. APL start olgan davrlardan boshlab ushbu turnir rekordlar va kutilmagan natijalari bilan ko‘pchilikni hayratga solib kelgan. Yuqorida APLda qayd etilgan eng yirik hisoblar e’tiboringizga havola etilgan.

Теги :
Jamiyat