$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Germaniyaning “KfW” banki Orolbo‘yida tibbiy xizmat sifatining oshirilishi uchun investitsiya kiritadi

bank

Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat sifati oshiriladi. Bu bo‘yicha Germaniyaning “KfW” banki Orolbo‘yida tibbiy xizmat sifatining oshirilishi uchun O‘zbekistonga investitsiya kiritmoqda.

Loyiha doirasida nimalar amalga oshiriladi?

Germaniya Federativ Respublikasining “KfW” banki ishtirokidagi “Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini oshirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga muvofiq, “Orolbo‘yi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini oshirish” loyihasi bo‘yicha quyidagilar tasdiqlandi:

loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari;

loyihani amalga oshirish doirasida “KfW” bankining qarzlarini qaytarish, shu jumladan, qo‘shimcha haq va foizlar to‘lashning prognoz jadvali;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati tibbiyot muassasalari uchun xarid qilinadigan tibbiy jihozlar taqsimoti;

xarid qilinadigan maxsus avtotransport vositalarining hududlar bo‘yicha taqsimoti.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Loyihani o‘z vaqtida amalga oshirish hamda muvofiqlashtirish, grantlardan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Xaridlar markazi” davlat muassasasi Loyihani amalga oshirish doirasida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha yuk qabul qiluvchi kontragent hisoblanadi.

Yuridik xulosa

Adliya vazirligi O‘zbekiston va “KfW” banki o‘rtasida imzolangan qarz va grant bitimlari bo‘yicha yuridik xulosa beradi.

Avval xabar berganimizdek, Jahon banklari O‘zbekistonning tibbiyot sohasi uchun bu yil umumiy hisobda 370 million dollar mablag‘ ajratmoqda. O‘tgan yili ushbu sohaga 200 million dollarlik xorijiy investitsiya va 94 million dollarlik grantlar jalb etilgan edi.

Xususan, Osiyo taraqqiyot bankining 100 million dollar mablag‘i evaziga respublikadagi 230 ta tug‘uruq muassasasi uchun 45 turdagi 21 mingta tibbiy uskuna va 6 ta reanimobil xarid qilinishi, Germaniyaning KfW bankining 30 million yevro mablag‘i hisobiga Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi 19 tadan tibbiyot muassasasi yurak-qon tomir kasalliklarini davolovchi 862 ta uskuna bilan jihozlanishi mo‘ljallanmoqda.

Shuning bilan birga, ayni bankning 13,5 million yevro miqdoridagi granti evaziga Termiz shahrida o‘quv markazi va talabalar turar joyi quriladi. Markaz zamonaviy o‘quv-simulyatsiya uskunalari va axborot texnologiyalari bilan jihozlanishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu bank avval ham O‘zbekistonning tibbiyot sohasiga sarmoya kiritgan

Ma’lumot uchun, “KfW banki” 2023-yilda O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish uchun 50,5 mln. yevro ajratgan.

Ushbu loyiha doirasida:

loyiha doirasida joriy etilayotgan axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha litsenziyalar uchun to‘lovlar ularni joriy etish xarajatlari tarkibiga kiritiladi hamda ular axborot tizimi amaliyotga to‘liq joriy etilgandan so‘ng kamida 5 yil mobaynida amal qiladi;

loyihani amalga oshirish jarayonida iqtisod qilingan mablag‘lar ustuvor ravishda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini raqamlashtirish hamda kompyuter texnikasi vositalarini xarid qilishga yo‘naltiriladi.

Qaror bilan 2023−2025-yillarda sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.