$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Jahon banklari O‘zbekistonning tibbiyot sohasi uchun 370 million dollar mablag‘ ajratmoqda

bank

Jahon banklari O‘zbekistonning tibbiyot sohasi uchun 370 million dollar mablag‘ ajratmoqda. O‘tgan yili ushbu sohaga 200 million dollarlik xorijiy investitsiya va 94 million dollarlik grantlar jalb etilgan edi. Prezident tibbiyot muassasalarini jihozlash va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

OTB kiritgan sarmoyaga 230 ta tug‘uruq muassasasi quriladi

Joriy yilda ushbu maqsadlarga davlat hisobidan 200 milliard so‘m ajratilgan. Shuningdek, tibbiyotga 370 million dollar xorijiy investitsiya kiritilishi mo‘ljallangan. Xususan, Osiyo taraqqiyot bankining 100 million dollar mablagi evaziga respublikadagi 230 ta tuguruq muassasasi uchun 45 turdagi 21 mingta tibbiy uskuna va 6 ta reanimobil xarid qilinadi. Germaniyaning KfW bankining 30 million yevro mablagi hisobiga Qoraqalpogiston va Xorazmdagi 19 tadan tibbiyot muassasasi yurak-qon tomir kasalliklarini davolovchi 862 ta uskuna bilan jihozlanadi.

Shuning bilan birga, ayni bankning 13,5 million yevro miqdoridagi granti evaziga Termiz shahrida o‘quv markazi va talabalar turar joyi quriladi. Markaz zamonaviy o‘quv-simulyatsiya uskunalari va axborot texnologiyalari bilan jihozlanadi.

Hududlarda autsorsing va xususiy sheriklik loyihalari yo‘lga qo‘yiladi

Hududlarda angiograflar yuklamasi o‘rtacha 34 foizni tashkil qiladi, turli hududlarda tomograflarning ishlashi ham sezilarli darajada farq qiladi.

Hokimliklar bilan birga davlat shifoxonalaridagi yuqori texnologik uskunalardan samarali foydalanish bo‘yicha autsorsing va xususiy sheriklik loyihalari yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

2024-yilda qaysi banklar O‘zbekistonga sarmoya kiritgan edi?

2024-yilda YTTB O'zbekistonga 938 million yevro sarmoya kiritib, 34 ta loyihani amalga oshirishda ishtirok etgan. YTTB investitsiyalarning 55 foizi yashil iqtisodiyot loyihalarni qollab-quvvatlashga yonaltirilgan. Boshqa moliyalashtirish tashkilotlaridan olingan 383 million yevro mablaglar bilan birgalikda, bu O'zbekiston iqtisodiyotiga 1,3 milliard yevrodan ortiq mablagni jalb qilishga yordam bergan.

Shuningdek, mamlakatga Jahon banki ham 800 million dollarlik imtiyozli kreditlar bergan bo‘lib, mablag’lar hukumatga xalqaro moliya bozorlarida mavjud bo‘lgan qarz olish imkoniyatlariga nisbatan pastroq foiz stavkalarida va kreditni qoplash uchun uzoqroq muddatlar bilan taqdim etilgan.

Islohotlar quyidagi sohalarda aniq natijalarga erishishni ko‘zlaydi:

Ijtimoiy himoya tizimi:

Gender zo‘ravonlikka qarshi kurash:

Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash: 

Davlat moliyalarini boshqarish: 

Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish: 

Suv resurslarini boshqarish: 

Atrof-muhit va iqlimga ta’sirni baholash:

Iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirishga investitsiyalar:

Temiryo‘l sektori: 

Energetika sektori sohalariga investitsiyalar kiritilgan.

Sohada yuqorida qayd etilgan ishlarning amalga oshirilishi tibbiyot rivojida muhim yutuqlarga olib kelsa ajab emas. Chunki, yillar mobaynida davlat byudjetidan va xalqaro moliya tashkilotlaridan milliardlab mablaglar tibbiyot sohasiga jalb etilayotganiga qaramasdan dunyoda tibbiyotda yetakchi davlatlar qatoriga chiqishimiz mushkul qolmoqda.