$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Taksi haydovchilari 15 million so‘mdan yuqori daromadga ega

taxi

Kuni kecha, 22-mart – “Xalqaro taksi haydovchilari kuni” edi. Shu munosabati bilan Soliq qo‘mitasi mamlakatimizdagi taksi haydovchilari bilan bog‘liq raqamlarni taqdim etdi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxati

Qo‘mitaning ma’lumot bazasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2,6 mlndan ortiq fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan. Shundan 284 ming nafari 2024-yilda ro‘yxatdan o‘tgan.

Taksichilar soni qancha?

Shularning ichidan umumiy hisobda 1-mart holatiga o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar 420,8 ming nafarni tashkil etadi. Ularning 161,5 ming nafardan ortig‘i soliq organlari bilan integratsiyalashgan onlayn-agregatorlar orqali yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatmoqda. 

Ta’kidlanishicha, ayollarning bu sohaga qiziqishi ortib bormoqda: 1 053 nafar haydovchi ayol ushbu onlayn xizmatlar orqali yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanmoqda.

Onlayn-taksi agregatorlaridan foydalanadigan haydovchilar:

30 yoshgacha — 59 274 nafar;

30 yoshdan 50 yoshgacha — 90 420 nafar;

50 yoshdan oshganlar — 11 970 nafar.

Ularning daromadi

Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar joriy yilning dastlabki 2 oyida onlayn-agregatorlar yordamida quyidagi miqdorlarda daromad olgan:

1 mln so‘mgacha — 104 241 nafar;

1 mlndan 2 mln so‘mgacha — 24 350 nafar;

2 mlndan 5 mln so‘mgacha — 23 817 nafar;

5 mlndan 10 mln so‘mgacha — 7 887 nafar;

10 mlndan 15 mln so‘mgacha — 1 180 nafar;

15 mln so‘mdan yuqori — 189 nafar.

O‘zini o‘zi band qilish nima degani?

Ma’lumot uchun, o‘zini o‘zi band qilish aholini tadbirkorlikka jalb qilish va qonuniy mehnat qilish uchun yaratilgan. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar daromadi 100 mln. soʻmdan oshmasa, soliq toʻlamaydi. Ish stajiga ega boʻlish va pensiya hisoblash uchun ular ixtiyoriy ravishda yiliga bir marta ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin. Shu maqsadda joriy yilda 68,5 ming nafar oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan 21,7 mlrd. soʻm ijtimoiy soliq toʻlangan.

Shu o’rinda ta’kidlash joizki, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs o‘zi uchun ishlaydigan fuqaro hisoblanadi. Ular xodim yollash huquqiga ega emas.