$
 12634.00
8.96
 13710.42
23.61
 148.62
2.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Ta’lim kreditini qizlar ko‘proq olyaptimi yoki yigitlar?

ta

Joriy yilning birinchi choragida imtiyozli ta’lim kreditlari uchun 183,8 mlrd. so‘m ajratildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

80 %i xotin-qizlar

Mazkur kreditlar bilan jami 22 151 nafar talaba qamrab olingan bo‘lib, shundan 80%ini xotin-qizlar tashkil etadi.

Xususan, o‘tgan davrda 7 830 nafar talaba xotin-qizlar imtiyozli ta’lim kreditlaridan foydalangan.

141 ming talabgor

Talim-krediti.mf.uz platformasida ta’lim krediti ajratilgan 141 ming nafar talabaning elektron ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan. U Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda xizmat ko‘rsatuvchi banklarning 6tasi bilan elektron axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilishi orqali ta’minlandi.

Banklar kesimida

“Mikrokreditbank” tomonidan jami 72,3 mlrd. so‘m kredit ajratilgan bo‘lib, shundan 57,8 mlrd.i xotin-qizlarga yo‘naltirilgan foizsiz ta’lim kreditlaridir.

Undan keyingi o‘rinlarda “Aloqabank” (21,3 mlrd. so‘m) hamda “Xalq banki” (18,4 mlrd. so‘m) turibdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident farmoni bilan talaba va o‘quvchilarga ta’lim kreditlari ajratish tartibi o‘zgartirilgandi. Endi ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi.