$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalarga beriladi

Ta

27-may kuni "Oliy va professional ta'lim tashkilotlari talabalari va oʻquvchilariga byudjet mablagʻlari hisobidan ta'lim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Prezident farmoni eʼlon qilindi.

Taʼlim krediti ajratish talablari

Farmonga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan oliy va professional ta’lim tashkilotlarining talaba va o‘quvchilariga ta’lim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:

- oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi;

- ta’lim krediti:

- oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida;

- oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi «3» dan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.

Mustasno holatlar

Bundan "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno.

Bunda ta’lim krediti:

- OTM talabalari uchun – talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish» (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va «Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish» (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo‘lganda;

- professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun – o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Professional ta’lim jarayonlarini boshqarish» (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud bo‘lganda ajratiladi.

"HEMIS"ga ulanmagan OTM talablari taʼlim krediti ololmaydi

Oʻz dasturiy ta'minotiga ega boʻlgan oliy va professional ta'lim tashkilotlari ta'lim kreditini olish uchun Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli axborot tizimlariga oʻz axborot tizimini integratsiya qilishi yoki ulardan foydalanishi majburiy hisoblanadi. Yaʼni, xususiy va nodavlat OTMlarning tizimi "HEMIS"ga ulanmagan bo‘lsa, unda ushbu OTM talabalariga ta’lim krediti ajratilmaydi.

Shartnoma "kontrakt.edu.uz" va "prof.edu.uz" axborot tizimlari orqali shakllantiriladi

 Farmon doirasida quyidagilar taʼminlanadi:

a) Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024-yil 1-iyulga qadar tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunuvidan qat'iy nazar barcha oliy va professional ta'lim tashkilotlarining toʻlov-kontrakt shartnomasi "kontrakt.edu.uz" va "prof.edu.uz" axborot tizimlari orqali shakllantirilishini;

b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi:

Raqamli texnologiyalar vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda 2024/2025-oʻquv yili boshlangunga qadar ta'lim kreditini olish uchun arizalarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Ta'lim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali topshirish imkoniyati yaratilishini;

“Ta'lim krediti” axborot tizimi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi.

Farmon ijrosini Bosh vazir oʻrinbosari nazorat qiladi

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

Ushbu farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari J.A.Qoʻchqorov zimmasiga yuklatildi.