$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Qaysi sohalarda tadbirkorlik subyektlari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

tadbirkorlik

O‘zbekistonda eng ko‘p tadbirkorlik subyektlari savdo sohasida faoliyat olib bormoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xabar berdi.

396 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti mavjud

O‘zbekistonda 2024-yil 1-avgust holatiga 396 448 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) faoliyat ko‘rsatmoqda. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha savdo, sanoat, qishloq, o‘rmon va sanoat xo‘jaliklari sohasida tadbirkorlik subyektlari eng ko‘p. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohalarida raqamlar nisbatan kam.

Qaysi sohada qancha?

Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

  • savdo sohasida – 150 319 ta;
  • sanoat sohasida – 63 049 ta;
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 33 668 ta;
  • qurilish sohasida – 30 080 ta;
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 28 123 ta;
  • tashish va saqlash sohasida – 16 521 ta;
  • axborot va aloqa sohasida – 9 915 ta;
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 9 584 ta;
  • boshqa sohalarda – 55 189 ta.
Теги :
Iqtisodiyot