$
 11833.37
35.91
 13577.61
-30.76
 139.79
0.02
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari tarifi oshiriladi

Toshkent viloyatida ichimlik suvi ta’minoti hamda kanalizatsiya xizmatlari uchun yangi tariflar tasdiqlandi. Unga ko‘ra, aholi uchun xizmat ko‘rsatish narxi o‘rtacha 20 foizga qimmatlashadi.

Ushbu qaror Toshkent viloyati Xalq deputatlari kengashi tomonidan qabul qilingan bo‘lib, yangilangan tariflar 1-oktabrdan boshlab amal qila boshlaydi.

Suv narxi qancha bo‘ladi?

Hujjatga ko‘ra, 1 kubometr suv uchun qo‘shilgan qiymat solig‘isiz (QQSsiz) quyidagi narxlar belgilandi:

  • Aholi uchun: ichimlik suvi — 2 600 so‘m o‘rniga 3 100 so‘m, kanalizatsiya — 1 300 so‘m o‘rniga 1 500 so‘m;
  • Byudjet tashkilotlari va tijorat korxonalari uchun: ichimlik suvi — 15 000 so‘m o‘rniga 16 000 so‘m, kanalizatsiya — 3 000 so‘m o‘rniga 4 000 so‘m.

Shunday qilib, aholi uchun 1 kubometr ichimlik suvi tarifi 500 so‘mga, kanalizatsiya xizmati esa 200 so‘mga oshadi.

Oxirgi marta narxlar qachon oshgan edi?

Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv narxlari so‘nggi bor 2025-yilning yozida ko‘tarilgan edi. O‘shanda aholi uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar narxi 30 foizga, byudjet tashkilotlari uchun esa 60 foizga oshirilgan edi.

Теги :
Jamiyat