$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonning sudyalari asosan necha yoshda?

Sudya

O‘zbekistonda 2024-yilning o‘tgan davrida 32 nafar sudyaning vakolat muddati ilgari tugatilgan. Bu haqda AOKAda Sudyalar oliy kengashi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Nomzodlarning 10 foizi sudyalikka nomunosib deb topilgan

Joriy yilning o‘tgan davrida Kengash tomonidan sudyalik lavozimlariga tanlash va tayinlash (shu jumladan vakolati muddatiga qayta tayinlash) bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq tanlovlarda 503 nafar nomzod muhokama qilindi. Ularning 378 nafari (yoki 71.1 foizi) sudyalik lavozimiga munosib deb topilgan, 52 nafari (yoki 10.3 foizi) sudyalik lavozimiga nomunosib deb topilgan bo‘lsa, 73 nafari (yoki 14,5 foizini) vakolati muddatiga boshqa sudyalik lavozimiga qayta tayinlash rad etilgan.

Ayollar ulushi necha foiz?

2024-yilning 18-sentyabr holatiga ko‘ra, tizimda 1490 nafar sudya faoliyat yuritayotgan bo‘lib, shundan 209 nafarini (yoki 14 foizi) ayol sudyalar tashkil etdi. Ayollarning 24 nafari rahbar lavozimlarga tayinlangan.Sudyalarning 1309 nafari yoki 87,8 foizi 50 yoshgacha, 39 nafari 2,6 foizi 60 yoshdan oshganlar tashkil etadi.

Faoliyat ko‘rsatayotgan sudyalarning 511 nafari (yoki 34,4 foizi) sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga, 923 nafari (yoki 61,9 foizi) o‘n yillik muddatga, 54 nafari (yoki 3,6 foizi) muddatsiz davriga tayinlangan.

55 nafar sudya davlat mukofoti bilan taqdirlangan

Tizimda 25 nafar yuridik fanlar nomzodi ilmiy darajasiga ega sudyalar faoliyat ko‘rsatadi, 55 nafar sudya davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Shuningdek, joriy yilda namunali faoliyati, tashabbuskorligi va yuqori reyting ko‘rsatgichlariga ega 15 nafar sudya Sudyalar oliy kengashi qarori bilan “Ibratli sudya” mukofotiga loyiq ko‘rildi. Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tizimda uzoq yillar samarali faoliyat ko‘rsatgan 32 nafar faxriylar “Sud faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 

9 oyda 32 sudyaning vakolat muddati ilgari tugatildi

2024-yilning o‘tgan davrida 32 nafar sudyaning vakolat muddati ilgari tugatilgan. Ularning 13 nafari sudyalik qasamyodini, 6 nafari Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgani, 13 nafari o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod qilindi.

Теги :
Жамият