$
 12938.01
22.94
 14673.00
13.1
 158.73
2.3
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Byudjetdan ajratiladigan subsidiyalar keskin oshgan: davlatning “erkatoylar”i kim?

subsidiya

O‘zbekiston uchun byudjet taqchilligi begona emas. Bundan tashqari biroz avval 2023-yilda O‘zbekistonda konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlari daromadlardan 59 trln so‘m yoki 5 mlrd dollardan ko‘proqqa oshib ketgani xabar qilingandi. Ushbu holatlarga sabablardan biri qilib davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiyalarni keltirish mumkin. Negaki,2023-yilda byudjetdan ajratilgan subsidiyalar miqdori keskin oshgan.

 29 trln. 255 mlrd. so‘m

2023-yil yakunlariga ko‘ra, davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiyalar miqdori 29 trln 255 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda keltirib o‘tilgan.

Taqqoslash uchun, 2021-yilda 5 trln 629,8 mlrd so‘m, 2022-yilda esa 12 trln 260,9 mlrd so‘m miqdorida subsidiya ajratilgan. O‘tgan yilda subsidiyalar miqdori rekord darajada oshib, 2021-yilga nisbatan 5,2 barobarga, 2022-yilga nisbatan 2,4 barobarga ko‘paygan.

Eng ko'p subsidiya qaysi tashkilotlarga berilgan?

2023-yilda subsidiya mablag‘larining katta qismi quyidagi maqsadlarda ishlatilgan:

ichki bozorda tabiiy gazni ulgurji sotib olish va sotish o‘rtasidagi zararlarni qoplash – 17,99 trln so‘m (dastlab bu miqdor 12,4 trln so‘m bo‘lishi ko‘zda tutilgan);

nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga subsidiyalar – 2,74 trln so‘m;

issiqlik ta’minoti korxonalari zararini qoplash xarajatlari – 1,72 trln so‘m;

aholi tomonidan uy-joy sotib olish uchun subsidiyalar – 1,1 trln so‘m;

qishloq xo‘jaligi jamg‘armasiga subsidiyalar – 848 mlrd so‘m;

jamoat transportida yo‘lovchilar tashish uchun subsidiyalar – 838 mlrd so‘m;

chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik xo‘jaliklari tomonidan yetishtirib sotilgan mahsulot uchun subsidiyalar – 603 mlrd so‘m.

Shuningdek, geologiya-qidiruv ishlariga 1,02 trln so‘m subsidiya berilgan. Dastlab ushbu maqsadlar uchun 990 mlrd so‘m yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lgan.