$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston OTMlarida stipendiyalar oshiriladimi?

stipendiya talaba

O‘zbekistondagi oliy taʼlim muassasalarida stipendiyalarni oshirish masalasida hozircha aniq xulosaga kelinmagan. Bu haqda 8-may kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Shohrux Daliyev maʼlum qildi.

Matbuot anjumanida O‘zbekistonda minimal isteʼmol xarajatlari miqdori ham stipendiyalardan ko‘pligi, stipendiyalar kambag‘allik chegarasi summasiga qachon yetkazilishi haqida savol yangragan. Shohruh Daliyevning aytishicha, bu masalani Moliya vazirligi bilan muhokama qilish lozim.

“O‘ylab ko‘rishimiz kerak”

“Talabalar stipendiyalari miqdorini oshirish masalasini o‘ylab ko‘rishimiz kerak. To‘lov-kontrakt miqdori ham pandemiya davridan beri oshirilmadi. Bir talabaga davlat tomonidan sarflanayotgan pul, u to‘layotgan kontrakt miqdoridan ancha ko‘p. Oliygoh o‘zini “boqishi” masalalari ham sal qiyinroq. Stipendiya oshishi yoki oshirilmasligi masalasida to‘liq javobni bizning moliyaviy soha vakillari hamda Moliya vazirligi bilan birga ishlab, keyin javob beramiz”, — dedi vazirlik masʼuli.

O‘qitish 12-15 million so‘m

O‘zbekistonda pandemiyadan keyin stipendiyalar miqdori muzlatilgan. Shohrux Daliyevning maʼlum qilishicha, OTMlaridagi to‘lov-kontrakt miqdorlarining o‘rtacha qiymati oliygohlar xarajatlariga nomutanosibligicha qolmoqda.

“Bir talabani o‘qitish davlatga yiliga o‘rtacha 12–15 million so‘mga tushadi. Kontrakt to‘lovlari miqdori esa o‘rtacha 7 million so‘mdan to‘g‘ri keladi”, — dedi vazir o‘rinbosari.