$
 11839.59
6.22
 13569.35
-8.26
 140.42
0.63
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston milliy jamoasining navbatdagi yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar ma’lum bo‘ldi

Fabio Cannavaro

O‘zbekiston milliy futbol jamoasining navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadigan futbolchilar tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bosh murabbiy Fabio Kannavaro 21-sentabrdan boshlanadigan yig‘inga 35 nafar futbolchini jalb qilgan.

Yig‘in davomida O‘zbekiston terma jamoasi uchta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Jamoa 24-sentabr kuni Eronga qarshi bahs olib boradi. Shundan so‘ng 1-oktabr kuni Suriya bilan, 6-oktabrda esa Koreya Respublikasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Darvozabonlar

Yig‘inga “Nasaf”dan Abduvohid Ne’matov va Samandar Muratbayev, “Paxtakor”dan Vladimir Nazarov hamda “Dinamo Samarqand”dan Edem Nemanov chaqirilgan.

Himoyachilar

Himoya chizig‘ida “Manchester Siti” (Angliya) futbolchisi Abduqodir Husanov terma jamoa ixtiyorida bo‘ladi.

Shuningdek, yig‘inga “Neftchi” vakili Nurmuhammad Abdug‘aniyev, “Paxtakor” futbolchilari Muhammadrasul Abdumajidov va Hojiakbar Alijonov, “Dinamo Maxachkala” (Rossiya)dan Mahmudjon Mahamadjonov, “Bunyodkor”dan Muhammad Hakimov, “Paxtakor”dan Sherzod Nasrullayev, “Lugano” (Shveysariya) futbolchisi Behruzjon Karimov, “Qizilqum”dan G‘iyosjon Rizaqulov hamda “Rubin Qozon” (Rossiya) vakili Jahongir O‘rozov kiritilgan.

Yarimhimoyachilar

Yarimhimoya uchun “Sabah” (Ozarboyjon) futbolchisi Umarali Rahmonaliyev, “Paxtakor” vakillari Dostonbek Hamdamov va Akmal Mozgovoy, “Baniyas” (BAA) futbolchisi Azizjon G‘aniyev, “Traktor” (Eron) vakili Odiljon Hamrobekov, “Bashakshehir” (Turkiya) futbolchisi Abbos Fayzullayev chaqirilgan.

Shuningdek, “Navbahor”dan Jasur Jaloliddinov va Ruslan Jiyanov, “Nasaf”dan Sardor Bahromov, “Buxoro”dan Sherzod Esanov, “OKMK”dan Aziz Xolmurodov, “Bunyodkor”dan Azizbek To‘lqinbekov, “Surxon”dan Behruz O‘ktamov hamda “Navbahor”dan Diyor Xolmatov yig‘inda ishtirok etadi.

Hujumchilar

Hujum chizig‘ida esa “Boshoqshehir” (Turkiya) futbolchisi Eldor Shomurodov, “Dinamo” vakili Azizbek Amonov, “Navbahor” hujumchisi Husayn Norchayev va “Antverpen” (Belgiya) futbolchisi Muhammadali O‘rinboyev terma jamoa tarkibidan joy olgan.

Теги :
Jamiyat