$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi tashkilotlar soliq to‘lovlarini keskin kamaytirgan

benzin neft

O‘zbekistonda ishlab chiqarish sohasida faoliyat olib boruvchi 65 ming 134 ta kompaniya tomonidan 2024-yil yanvar-iyul oylarida 23 trln. 839 mlrd. so‘m soliq to‘langan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,4 foizga ko‘p. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi

Eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniya 

Hisobot davrida, NKMK va OKMKni inobatga olmaganda ishlab chiqaruvchilar orasida eng ko‘p soliqni “O‘zbekneftgaz” AJ to‘lagan – 2 trln. 290,7 mlrd. so‘m. 

Lekin bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24,1 foizga kam. Taqqoslash uchun, 2023-yilning yanvar-iyul oylarida kompaniya to‘lagan soliqlar miqdori 3 trln. 19,6 mlrd. so‘m bo‘lgan.

Soliqlar sezilarli qisqargan 

2023-yil bilan taqqoslaganda, 7 oy davomida quyidagi davlat korxonalarning ham davlat byudjetiga to‘lagan soliqlari miqdori sezilarli darajada qisqargan:  

  • “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJda 707,8 mlrd so‘mdan 410,3 mlrd. so‘mgacha yoki 42 foizga;
  • “Issiqlik elektr stansiyalari” AJda 816,4 mlrd. so‘mdan 368,3 mlrd. so‘mgacha yoki 2,2 barobarga;
  • “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJda 295,5 mlrd. so‘mdan 198,4 mlrd. so‘mgacha yoki 32,8 foizgacha;
  • “Uz-Kor Gas Chemical” MChJda 547,6 mlrd. so‘mdan 170,5 mlrd. so‘mgacha yoki 3,2 barobarga.

TOP – 20 korxonalar 

Shuningdek, o‘tgan yili yanvar-iyul oylarida 245,5 mlrd. so‘m soliq to‘lagan “Uzbekistan GTL” zavodi, 196,2 mlrd. so‘m soliq to‘lagan “Qizilqumsement” (xususiylashtirilgan), 141,7 mlrd. so‘m soliq to‘lagan “O‘zbekko‘mir” 2024- yilning 7 oyi yakunlari bo‘yicha eng ko‘p soliq to‘lagan top-20 korxonalar ro‘yxatidan chiqib ketgan. 

Aksariyati yoqilg‘i-energetika sohasida 

Ta’kidlash kerakki, joriy yilda davlat byudjetiga soliq to‘lovlarini keskin kamaytirgan korxonalarning aksariyati yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi tashkilotlar hisoblanadi.