$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonliklarga qaysi soliq turidan eng ko‘p imtiyoz berilmoqda?

Soliq

O‘zbekistonda 122 ming 862 ta tashkilot 2024-yilning yanvar-may oylarida 10,6 trln so‘m miqdorda soliq imtiyozlaridan foydalangan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. ()

QQSsiz operatsiyalar

Shu bilan birga 2 561 ta korxona moliyaviy xizmatlar bo‘yicha 7,9 trln so‘mdan ortiq QQSsiz operatsiyalar amalga oshirgan. 

Bundan tashqari, 5 958 ta korxona 13 trln so‘m miqdorida QQS “nol” stavkasini qo‘llagan.

Soliq turlari kesimida

Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:

QQS – 5,4 trln so‘m;

yer solig‘i – 1,8 trln so‘m;

foyda solig‘i – 1,2 trln so‘m;

ijtimoiy soliq – 979,2 mlrd so‘m;

mol-mulk solig‘i – 725,6 mlrd so‘m;

JSHODS – 357 mlrd so‘m

AOS – 48,7 mlrd so‘m;

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 19,4 mlrd so‘m.