$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

4 oyda qancha soliq imtiyozlaridan foydalanildi?

Soliq

O‘zbekistonda soliq to‘lovchilar 4 oyda 10 trln so‘mga yaqin soliq imtiyozlaridan foydalandi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

9,9 trillion so‘m 

Unga ko‘ra, 2024-yilning yanvar—aprel oylarida 122 107 ta tashkilot 9,9 trillion so‘m miqdorda soliq imtiyozlaridan foydalangan. Shu bilan birga:

  • 2 442 ta korxona moliyaviy xizmatlar bo‘yicha 6,3 trillion so‘mdan ortiq QQSsiz operatsiyalar amalga oshirgan;
  • 5 423 ta korxona 10,2 trillion so‘mdan ziyod QQS “nol” stavkasini qo‘llagan. 

Qaysi soliq turlaridan?

Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyoz summalari:

  • QQS – 4,9 trillion so‘m;
  • yer solig‘i – 1,9 trillion so‘m;
  • foyda solig‘i – 1,3 trillion so‘m;
  • mol-mulk solig‘i – 793,1 mlrd so‘m;
  • ijtimoiy soliq – 756,9 milliard so‘m;
  • JSHODS – 297,5 milliard so‘m
  • AOS – 50,1 milliard so‘m;
  • suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 19,9 milliard so‘m. 

QQSdagi bekor qilingan imtiyozlar

Eslatib o‘tamiz, 1-apreldan QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar bekor qilinadi. Ya’ni quyidagilar QQSga tortiladi. 

savdo aylanmasi bo‘yicha: 

tibbiy xizmatlar;

eterinariya xizmatlari;

dori vositalari;

veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar.

O‘zbekiston hududiga olib kirishda:

dori vositalari;

veterinariya dori vositalari; 

tibbiyot va veterinariya uchun mo‘ljallangan buyumlar; 

shuningdek, qonunchilikda belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan xomashyo.

Aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilish bo‘yicha: 

suv ta’minoti;

kanalizatsiya; 

sanitariya jihatdan tozalash; 

issiqlik ta’minoti. 

Avval ushbu xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha aylanmaga QQSning “nol” darajali stavkasi qo‘llangan.