$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O‘zbekistondagi eng ko‘p soliq to‘lovchi korxona qaysi?

Soliq

2024-yil yanvar-noyabr oylarida 949 ta yirik soliq to‘lovchilar 101,6 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagan.

Unga ko‘ra, 54 trln so‘mi davlat ulushi mavjud TOP-10 ta yirik soliq to‘lovchi hisobiga, 7,8 trln. so‘mdan ziyodrog‘i xususiy sektordagi TOP-10 yirik soliq to‘lovchilar hisobiga to‘g‘ri kelgan. Davlat ulushi bor korxonalar ro‘yxatida "Navoiy kon metallurgiya kombinati" AJ (24 833,3) bilan yetakchilik qilmoqda. Qolgan o‘rinlarda esa "Olmaliq kon metallurgiya kombinati" AJ (7 965,8) va "O‘zbekneftgaz" AJ (3 866,1) qayd etilgan.

Yanvar-oktyabr oylaridagi natija

Solishtirish uchun, 2024-yil yanvar-oktyabr oylarida 949 ta yirik soliq to‘lovchilar 91,5 trln. so‘mdan ortiq soliq to‘lagan. Shulardan 47,8 trln. so‘mi davlat ulushi mavjud TOP-10 ta yirik soliq to‘lovchi hisobiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 7,1 trln. so‘mdan ziyodrog‘i xususiy sektordagi TOP-10 yirik soliq to‘lovchilar hisobiga to‘g‘ri kelgan. 

Теги :
Iqtisodiyot