$
 11783.47
-14.45
 13688.86
-51.0
 139.70
1.7
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston ilk bor Osiyo shaxmat reytingining kuchli ikki pog‘onasini egalladi

Sindorov va Abdusattorov

O‘zbekiston shaxmat tarixida yangi natija qayd etildi. Mamlakatning ikki nafar grossmeysteri bir vaqtning o‘zida Osiyo reytingining eng yuqori ikki pog‘onasidan joy oldi. Javohir Sindarov qit’a shaxmatchilari orasida birinchi o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, Nodirbek Abdusattorov ikkinchi pog‘onani egalladi.

Sindarov Osiyoning eng kuchli shaxmatchisiga aylandi

Osiyo shaxmat federatsiyasining sentabr oyida yangilangan erkaklar reytingiga ko‘ra, 20 yoshli Javohir Sindarov klassik shaxmatda 2778 reyting ochkosi bilan qit’ada yetakchilik qilmoqda.

21 yoshli Nodirbek Abdusattorov esa 2762 ochko jamg‘argan va reytingning ikkinchi o‘rnidan joy olgan.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik ikki grossmeyster hindistonlik Rameshbabu Praggnaanandha va Arjun Erigaisi, shuningdek, xitoylik Vey Ini ortda qoldirdi.

Abdusattorovning blits reytingi 2818 ochko

Javohir Sindarovning rapid shaxmatdagi reytingi 2732 ochkoni tashkil etadi. Uning blits shaxmat bo‘yicha ko‘rsatkichi esa 2725 ochkoga teng.

Nodirbek Abdusattorovning blits reytingi 2818 ochko bo‘lib, bu uning tezkor shaxmatdagi yuqori natijasini ko‘rsatadi.

Теги :
Jamiyat