Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +16° kechasi +9°

Saylov natijalari qachon ma’lum bo‘ladi?

Amerikada 5-noyabr kuni yangi prezident saylanadi. Ayni damga qadar bo'lgan natijalar qanday?

2 daqiqa o‘qiladi

Saylov natijalari qachon ma’lum bo‘ladi?

Amerikada 5-noyabr kuni yangi prezident saylanadi. Ayni damga qadar bo‘lgan natijalar qanday?

Saylov natijalarining e’lon qilinishi

Saylov kuni ovoz berish uchastkasi yopilganidan keyin, natijalarni kutish bir necha soatgacha, yoki hatto bir necha kun yoki haftalargacha cho‘zilishi mumkin. Saylov natijalari bo‘yicha, bir nechta ehtimoliy ssenariylar bor: g‘olibni saylov kuni kechasida yoki 6-noyabr tongida e’lon qilishlari mumkin yoki bu jarayon bir necha kun hatto haftalarga cho‘zilishi mumkin. Misol uchun, 2020 yilgi saylovlar 3-noyabrda bo‘lib o‘tgan edi, ammo g‘olib nomini amerikalik telekanallar 7-noyabr tongidagina e’lon qilgan.

Tonggi natijalar

AP prognozlariga ko‘ra, Jorjiyada Toshkent vaqti bilan soat 7.00 holatiga ko‘ra, Donald Trampga 55,2 foiz, Kamala Harrisga 47,2 foiz saylovchilar ovoz bergan. Shimoliy Karolinada - Tramp uchun 53,9 foiz, Harris uchun 45,1 foiz. Pensilvaniyada 67,3 foiz saylovchilar Harrisni, 31,9 foizi Trampni, Michiganda 54,8 foizi Harrisni, 43,2 foizi Trampni qo‘llab-quvvatlagan. 2024 yilgi prezidentlik poygasida yettita ikkilanayotgan shtat bor: Arizona, Nevada, Viskonsin, Jorjiya, Shimoliy Karolina, Pensilvaniya va Michigan. U yerdagi saylovchilarning ovozlari butun prezidentlik poygasi natijalariga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ehtimoliy imkoniyatlar

AP respublikachi Donald Trampning Indiana, Kentukki, G‘arbiy Virjiniya, Oklaxoma, Florida, Tennessi, Janubiy Karolina, Missisipi, Alabama va Arkanzas shtatlarida yetakchilik qilishini taxmin qilmoqda. Kamala Harris Konnektikut, Massachusets, Vermont, Merilend, Rod-Aylend va Delaverda g‘alaba qozonyapti. Agar saylovchilar ovozlari haqida gapirilsa, bu shtatlarda Tramp 101, Xarris esa 38 ovoz olishi mumkin.

Amerikalik saylovchilarning ovozlari qanday taqsimlanyapti?

Tramp katta farq bilan g‘alabaga erishishi aniq:

  • Indiana
  • Kentukki
  • Janubiy Karolina
  • Vest-Virjiniya
  • Oklaxoma
  • Missuri
  • Janubiy Dakota
  • Tennessi
  • Kanzas
  • Arkanzas
  • Texas
  • Nebraska
  • Shimoliy Dakota
  • Alabama
  • Missisipi
  • Vayoming

Tramp hozircha yetakchilik qilmoqda:

  • Ogayo
  • Virjiniya
  • Shimoliy Karolina
  • Florida
  • Luiziana
  • Minnesota
  • Nyu-Meksiko

Xarris katta farq bilan g‘alabaga erishishi aniq

  • Vermont
  • Massachusets
  • Nyu-York
  • Nyu-Jersi
  • Rod-Aylend
  • Merilend
  • Delaver

Xarris hozircha peshqadam:

  • Jorjiya
  • Viskonsin
  • Illinoys
  • Kolorado
  • Konnektikut
  • Ovozlar deyarli teng:
  • Michigan
  • Pensilvaniya
  • Ayova
  • Men
  • Nyu-Gempshir

NYT: Saylovlarda Tramp g‘alaba qozonadi

The New York Times nashri ekzit-polllar asosida Trampning g‘alabasini 79% ehtimol bilan bashorat qilmoqda. Hisob-kitoblariga ko‘ra, Tramp saylovchilarning taxminan 295 ovoziga, Xarris hozircha faqat 243 ovoziga umid qilishi mumkin. Aytish kerakki, g‘alaba qozonish uchun 270 ovoz kerak.