$
 12790.12
-4.9
 13936.11
42.0
 130.03
-1.59
weather
+26
Кечаси   +14°

Yil saylovi: Dunyoning yetakchi nashrlari kimning prezident bo‘lishini taxmin qilmoqda?

Harris

Bugun, 5-noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu saylovda asosiy nomzodlar sifatida sobiq prezident Donald Tramp hamda demokratik partiya vitse-prezident Kamala Harris ishtirok etmoqda. Saylov arafasi dunyoning yetakchi ommaviy axborot vositalari ehtimoliy g‘olib haqida turli prognozlarni taqdim etgandi. Yetakchi ommaviy axborot vositalari 2024-yilgi AQSh prezidentlik saylovlarini juda raqobatbardosh va oldindan aytib bo‘lmaydigan bo‘lib qolayotganini aytishgan.  

The New York Times va BBC News

The New York Times gazetasining ta’kidlashicha, Kamala Harris va Donald Tramp o‘rtasidagi poyga o‘ta keskinligicha qolmoqda, so‘rovlarda minimal farq bor. Nashrning ta’kidlashicha, saylov natijasi asosiy “o‘zgaruvchan” shtatlardagi natijalarga bog‘liq bo‘ladi. BBC News xabariga ko‘ra, Tramp Harrisni yetti “tebranuvchi” shtatdan beshtasida mag‘lub etib, saylovlarda g‘alaba qozonishi mumkin. Biroq, BBC ta’kidlashicha, vaziyat noaniq bo‘lib qolmoqda va ko‘p narsa saylovchilarning ovoz berish kunidagi ishtirokiga bog‘liq bo‘ladi.

Deutsche Welle hamda The Times

The Times nashrining ta’kidlashicha, Harrisning umummilliy so‘rovlarda kichik ustunligiga qaramay, Tramp Pensilvaniya va Jorjiya kabi bir qancha asosiy shtatlarda yetakchilik qilmoqda. Qayd etilishicha, 2016 va 2020-yillardagi kabi prognozlardagi tarixiy xatolar bashoratlarni ayniqsa qiyinlashtiradi. Deutsche Welle ta’biricha, 2024-yilgi saylovlar AQSh tarixidagi eng murakkab saylovlardan biridir. DWga ko‘ra, ikkala nomzod ham g‘alaba qozonish uchun teng imkoniyatga ega va natija bir nechta hal qiluvchi shtatlarga bog‘liq bo‘ladi.

Теги :
Jamiyat