Rossiya bosh vaziri O‘zbekistonga kelmoqda
Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishi haqida bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi .
1 daqiqa o‘qiladi

“Joriy yilning 9-10 sentabr kulari Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan keladi”, — deyiladi xabarda.
Hukumat rahbarlari uchrashuvi
Tashrif dasturidan O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazish o‘rin olgan.
Tashrif davomidagi rejalar
Bosh vazir tashrifi davomida Toshkent shahridagi ishlab chiqarish va sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda boshqa obyektlarga tashrif buyurish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston va Rossiya hozirda tovar aylanmasini oshirish masalalari ustida jadal harakatlar olib bormoqda. Tovar aylanmasi hajmi 30 mlrd. dollargacha oshirishlishi reja qilingan.



