$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O‘zbekistondagi xususiy oliygohlar faqat “mahalliy ishlab chiqarish” uchunmi?

reyting

“Yosh ziyokor” nodavlat ta’lim tashkilotlari uyushmasi tomonidan nodavlat oliygohlar reytingi ishlab chiqildi. Reytingni hisoblashda 5 ta ko‘rsatkich asos qilib olindi. Bular:

  1. 100 talabaga to‘g‘ri keladigan professor-o‘qituvchi;
  2. 100 talabaga to‘g‘ri keladigan grant o‘rinlari; 
  3. 100 talabaga to‘g‘ri keladigan sirtqi o‘rinlar; 
  4. 100 talabaga to‘g‘ri keladigan boshqa viloyatlik talabalar,
  5. 100 talabaga to‘g‘ri keladigan ayol talaba.

Xususiy universitetlar ko‘rsatkichlari

O‘zbekistonda nodavlat OTM statistik ko‘rsatkichlari:

  1. 100 talabaga to‘g‘ri keladigan o‘qituvchi – 3 nafar;
  2. 100 talabaga to‘g‘ri keladigan grant o‘rinlari – 1 ta;
  3. 100 talabaga to‘g‘ri keladigan sirtqi o‘rinlar – 54 ta;
  4. 100 talabaga to‘g‘ri keladigan boshqa viloyatlik talabalar – 48 ta;
  5. 100 talabaga to‘g‘ri keladigan ayol talaba – 53 ta.

Xotin-qizlar qaysi OTMlarni ko‘proq tanlayapti?

Shuningdek, uyushma tomonidan ishlab chiqilgan nodavlat OTMlar reytingida ayol-qizlar tanlovi katta bo‘lgan xususiy OTMlar, o‘qituvchilar soni bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichlar, grantlar taqdim etish ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yaxshi natijalar ham tahlil qilindi. 

Unga ko‘ra, xotin-qizlar tanlovi katta bo‘lgan OTMlar (100 talabaga to‘g‘ri keladigan ayol talaba):

  • Urganch Innovatsion Universiteti – 91
  • Xalqaro Nordik universiteti – 88
  • Profi University Navoiy filliali – 86
  • Yangi Asr Universiteti – 85
  • Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti – 80

O‘qituvchilar soni bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich

O‘qituvchilar soni bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega OTMlar (100 talabaga to‘g‘ri keladigan professor-o‘qituvchi):

  • Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti – 43
  • Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti –25
  • Toshkent xalqaro universiteti – 12
  • British Management University in Tashkent – 10
  • IMPULS tibbiyot instituti – 10

Grantlar taqdim etish

Grantlar taqdim etish ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yaxshi natija ega OTMlar (100 talabaga to‘g‘ri keladigan grant o‘rinlari):

  • Toshkent xalqaro universiteti – 15
  • British Management University in Tashkent – 13
  • Japan Digital University – 13
  • Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti –10
  • Acharya Universiteti – 10

Boshqa viloyatlardan kelib o‘qish ko‘rsatkichi

Boshqa viloyatlardan kelib o‘qish ko‘rsatkichi bo‘yicha yuqori OTMlar (100 talabaga to‘g‘ri keladigan boshqa viloyatlik talabalar):

  • Nukus innovatsion instituti – 100
  • Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti – 99
  • Xalqaro innovatsion universitet – 99
  • Toshkent gumanitar fanlar universiteti– 95
  • Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti – 94

Xorijiy talabalar ta’lim olishi ko‘rsatkichi bo‘yicha holat ijobiy emas. Masalan, Andijon iqtisodiyot va pedagogika universitetida 100 ta talabaga bor yo‘g‘i 1 ta xorijiy talaba to‘g‘ri kelsa, boshqa nodavlat OTMlarda bu qiymat nolga teng.

Reytinga nima zarurat bor edi?

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda nodavlat oliy ta’limni rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilishiga qaramay, sohada sifat ko‘rsatkichlariga e’tiborni kuchaytinish, infratuzilmani yaxshilash masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. Shuni inobatga olgan holda ta’kidlash o‘rinliki, OTMlarda sifat ko‘rsatkichlariga urg‘uni kuchaytirgan reytinglar ishlab chiqish va e’lon qilish jahon tajribasida qo‘llaniladigan asosiy instrumentlardan biri hisoblanadi. Bu o‘z o‘rnida O‘zbekistondagi nodavlat OTMlarini davriy reytingini tuzish sohada sifat masalasida qator ishlarni amalga oshirish kerakligi ko‘rsatdi. 

Reyting natijalari nodavlat OTMlar ba’zi yo‘nalishlar bo‘yicha nisbatan yaxshi natijani ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ba’zi yo‘nalishlar bo‘yicha qilinishi kerak bo‘lgan ishlar mavjudligini namoyon qildi. Eng muhimi ushbu reyting har bir nodavlat OTMlar o‘zlarining kelgusi faoliyatlarida qaysi yo‘nalish va masalalarga qaratishlari zarur ekanligini belgilab olishda ham muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Теги :
Jamiyat