$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

So‘nggi olti oyda 552,5 mlrd. so‘mlik elektr energiyasi va gaz o‘g‘irlandi

energy elektr

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 2024-yil 1-yanvardan 15-iyungacha o‘tkazilgan 40,8 mingta nazorat tadbirlari chog‘ida jami 38,8 mingta noqonuniy holatlar aniqlandi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev maʼlum qildi.

Ko‘proq elektr energiyasi

Maʼlum qilinishicha, mazkur noqonuniy holatlarning 13,5 mingtasi tabiiy gazdan, 25,3 mingtasi esa elektr energetikasidan qonunga xilof ravishda foydalanish bilan bog‘liqdir.

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari Navoiy, Sirdaryo hamda Toshkent viloyatlarida boshqa hududlarga nisbatan ko‘proq aniqlangan.

Jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Mamlakatimizda ayrim huquqbuzarlar tomonidan hisobot davrida 255 milliard 200 million so‘mlik tabiiy gaz hamda 297 milliard 300 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga jami 552 milliard 500 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Ularga nisbatan 220,1 milliard so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holatlari bo‘yicha 236 ta va 139,5 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holatlari bo‘yicha 479 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 17,2 mingta maʼmuriy hamda 715 ta jinoiy ish rasmiylashtirilib, aybdorlar tegishli tartibda jazoga tortildilar.