$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

hisoblagich

Suv tekin emasligi haqidagi ibora allaqachon aholiga tanish bo‘lib qoldi, ammo ba’zilar buni o‘zlari uchun tegishli emas deb o‘ylayapti chog‘i. Bosh prokuratura Departamenti tomonidan olib borilgan tekshiruvlarda bir qancha qonun buzilishlari aniqlangan.

"Tekin bo‘lmagan suvni o‘g‘irlaymiz!"

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qorako‘l tuman bo‘limi tomonidan "Buxoro suv ta’minoti" xodimlari bilan hamkorlikda tekshiruv ishlari amalga oshirildi.

Tekshiruv ishlari chog‘ida tumandagi halicha qurilishi tugallanmagan binoga fuqaro J.T. tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan va natijada 384,4 million so‘mga teng bo‘lgan ichimlik suvidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Endi elektr energiyasi va tabiiy gazda o‘g‘rilik

Yuqoridagi holat kabi, Departamentning Pastdarg‘om va Toyloq tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tekshiruv tadbirida fuqaro Sh.B. Pastdarg‘om tumani, "Qo‘qonlik" mahalla fuqarolar yig‘inidagi avtomobil yuvish shoxobchasida va Toyloq tumanida yashovchi fuqaro M.S. esa "Sochak" mahallasidagi novvoyxonada jami 141,7 million so‘m elektr toki va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Qanday qonuniy jazo qo‘llandi?

Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi, ya’ni, o‘g‘rilik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot