$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonda bir oy ichida qariyb 68 milliard soʻmlik elektr va gaz oʻgʻirlangan

is gazi 2

May oyida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 971 ta holatda isteʼmolchilarning tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.

18,1 million kub metr gaz va 46,2 million kVt/soat elektr energiyasi

“Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmatining xabar berishicha, 2024-yil may oyida Oʻzbekistonda 67,8 milliard soʻmlik elektr energiyasi va tabiiy gaz oʻgʻirlangan.

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda may oyida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 971 ta holatda isteʼmolchilarning tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.

Aniqlanishicha, isteʼmolchilar tomonidan 18,1 million kub metr gaz (28,4 milliard soʻm) va 46,2 million kVt/soat elektr energiyasi (39,3 milliard soʻm) noqonuniy ravishda isteʼmol qilingan.

Eng koʻp noqonuniy foydalanish holatlari

Eng koʻp qoidabuzarliklar Navoiy, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida kuzatilmoqda.

Noqonuniy isteʼmolchilarga nisbatan tegishli choralar koʻrilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hujjatlar taqdim etildi.

489 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirilgan

Qayd etilishicha, may oyida isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarlik boʻyicha 489 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirildi.

Xususan, aniqlangan holatlarning 312 tasi elektr energiyasi, 177 tasi esa tabiiy gazdan foydalanishda qoidabuzarlikka yoʻl qoʻyilganligi maʼlum boʻldi.