Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +9°

Bugun Putinning tavallud kuni: MDH prezidentlari Moskvada yig‘ilmoqda

O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, prezident Shavkat Mirziyoyev 7-oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga jo‘nab ketgan.

2 daqiqa o‘qiladi

Bugun Putinning tavallud kuni: MDH prezidentlari Moskvada yig‘ilmoqda

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga jo‘nab ketgan.

MDH davlat rahbarlarining sammiti

O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi poytaxtida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi sammitida ishtirok etadi. Moskvadagi sammitda O‘zbekiston prezidentidan tashqari MDH ishtirokchisi bo‘lgan qator davlatlarning rahbarlari ham qatnashishi kutilmoqda. 

An’anaga aylanayotgan tashriflar

Qiziqarlisi, 7-oktyabr kuni Rossiyaga qilinajak tashriflar 2022-yildan buyon an’anaga aylangan. Ayni shu sanada Vladimir Putin o‘z tug‘ilgan kunini nishonlaydi. Avvalgi yillardagi uchrashuvlar MDH, KHSHT va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlarining uchrashuvlari shaklida tashkil etilgandi. O‘tgan yilning shu kunida Putin Novo-Ogarevodagi o‘z qarorgohida Toqayev va Mirziyoyev bilan birgalikda Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazib berishga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etgan edi.

Vladimir Putin

Rossiya Federatsiyasini qariyb chorak asrdan buyon boshqarib kelayotgan Vladimir Putin 1952-yil 7-oktyabrda Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) shahrida tug‘ilgan. Putin bolaligini Leningradda o‘tkazgan va sovet maktablarida ta’lim olgan. U 1975-yilda Leningrad davlat universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. Universitetni tugatgandan so‘ng, Putin KGB (Sovet Ittifoqi Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasi)da faoliyat yuritishni boshlaydi. 1980-yillarning oxirida, Putin Germaniya Demokratik Respublikasida KGB uchun razvedka vazifalarida ishlaydi.

Siyosiy karera

Putinning siyosiy karerasi 1990-yillarda Leningrad shahar hokimi Anatoliy Sobchak bilan yaqin aloqalari orqali boshlandi. 1999-yilda Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin uni mamlakatning bosh vaziri etib tayinladi. Shu yili Yelsin iste’foga chiqqanidan keyin Putin vaqtinchalik prezident vazifasini bajaruvchi bo‘ladi. Putin 2000-yilda Rossiya Federatsiyasining prezidenti sifatida saylanadi. Uning prezidentligi davomida Rossiya iqtisodiyoti ko‘plab islohotlardan o‘tadi, u nafaqat mamlakat ichidagi barqarorlikni ta’minladi, balki Rossiyaning xalqaro maydondagi ta’sirini ham kuchaytiradi. Putin 2008-yilgacha ikki muddat prezidentlik qilganidan so‘ng, 2012-yilda yana saylanadi va hozirda ham prezidentlik amalida.

Iqtisodiy-siyosiy va xalqaro siyosat

Putin rahbarligi ostida Rossiya iqtisodiyotida neft va gaz sanoati asosiy tarmoqlardan biriga aylandi. Uning davrida Rossiyaninh harbiy salohiyatini mustahkamlashga alohida e’tibor berildi. Shuningdek, u Rossiyaning tashqi siyosatida qattiqqo‘l pozitsiyani qo‘llab-quvvatladi, bu esa G‘arb davlatlari bilan bir qator mojarolarga olib keldi. Putinning xalqaro maydondagi siyosiy harakatlari turli bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. 2014-yilda Qrimni Rossiyaga qo‘shib olish va 2022-yildan to hozirga qadar davom etib kelayotgan Ukraina mojarosi Putinning xalqaro jamoatchilik bilan ziddiyatli munosabatlarini yanada kuchaytirdi. G‘arb davlatlari Rossiyaga nisbatan keng qamrovli sanksiyalar joriy qildi, bu esa Rossiya iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.