$
 12865.66
-8.36
 13510.23
-48.69
 125.14
-3.07
weather
+26
Кечаси   +14°

PulMan tadbirkorlar uchun yangi mahsulotni taqdim etdi: ko‘chmas mulk garovi asosida mikrokredit.

p r

PulMan ko‘chmas mulk garovi asosida mikrokreditlashning yangi dasturini ishga tushirilishini e’lon qildi, u yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘z-o‘zini band qilganlar uchun ahamiyatli ko‘mak bo‘lishini va’da qilmoqda. Taklif etilayotgan mikrokredit, biznesni rivojlantirish uchun 300 million so'mgacha mablag' olish imkonini beradi, bu esa mamlakatdagi mavjud, boshqa muqibil dasturlarning aksariyatidan ancha yuqori.

Ushbu dastur kimlar uchun?

PulMan mikrokreditlari tadbirkorlarning har xil toifalarini ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Dastur o‘z biznesini kengaytirishga yoki yangi loyihalarni ishga tushirishga intilayotganlarga mo‘ljallangan.

• Kichik tadbirkorlar. O’zining shaxsiy kichik korxonasi borlar uchun, mikrokredit ko‘rinishida qo‘llab-quvvatlashni va’da qilamiz, mablag’lardan shuningdek ishlab chiqarishni kengaytirish yoki uskunalarni yangilash uchun ham foydalanish mumkin.

O‘z-o‘zini band qilganlar. O‘ziga ishlayotgan mutaxassislar o‘z xizmatlarini kengaytirish yoki zarur materiallarni xarid qilish uchun ushbu dasturdan foydalanishlari tavsiya etiladi.

Startaplar. Boshlang‘ich mablag’ni izlayotgan, biznes soxasida yangi tadbirkorlar o‘z g‘oyalarini hayotga tadbiq etish uchun kerakli mablag‘larni tez va oson olishlari mumkin.

Mavsumiy tadbirkorlar. Biznesi mavsumga bog'liq bo'lganlar uchun mikrokredit, yangi davrga tayyorgarlik ko'rish uchun zarur manba bo'lishi mumkin.

PulMan nima taklif qilmoqda?

Ko‘chmas mulk garovi asosidagi yangi mikrokredit, kredit bozoridagi boshqa mahsulotlardan foydaliroqligi bilan ajralib turadi.

Kreditlashning imkoniyatlari. Mijozlar 5 000 000 dan 300 000 000 so'mgacha bo'lgan miqdorda mikrokredit olishlari mumkin, bu esa biznesdagi keng ko'lamli moliyaviy ehtiyojlarini qoplash imkonini beradi..

• Kredit so‘ndirishning moslashuvchan shartlari. Mikrokredit 3 oydan 36 oygacha bo‘lgan muddatga taqdim etiladi, bu kredit so‘ndirishning qulay jadvalini tanlash imkonini beradi.

• Mablag‘larni olish usullari. Pullarni naqd pulda yoki kartaga o‘tkazib olish mumkin, mijozlar uchun jarayon maksimal darajada qulay bo’ladi.

Oddiylik va tezlik. Arizani har qanday noturar ko‘chmas mulk garovini hisobga olgan holda kiritish mumkin, va dastlabki qaror bir soat davomida (murojaat qilingan kuni) qabul qilinadi.

• Ishonchlilik va xavfsizlik. Ko‘chmas mulk qarz oluvchining mulkida qoladi.

Qarz oluvchiga qanday talablar qo‘yiladi?

Mikrokredit rasmiylashtirish hujjatlarning minimal to‘plamini va muayyan mezonlarga muvofiqlikni talab qiladi.

• Yosh bo‘yicha cheklovlar. Qarz oluvchilar 21 yoshdan 60 yoshgacha bo'lgan shaxslar bo'lishi mumkin.

• Daromadning tasdiqlanishi. Tasdiqlangan, barqaror daromad manbaiga ega bo'lish kerak

• Ko‘chmas mulkka nisbatan talablar. Garovga taqdim etilayotgan obyekt hibsda turmasligi va boshqa shartnomalar bo‘yicha garov sifatida qo‘llanilmagan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, u turar joy fondidan chiqarilgan va ko‘chmas mulk noturar sifatida rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak.

Kreditni qanday olish mumkin: qadam-baqadam yo‘riqnoma

Kredit olish jarayoni maksimal darajada soddalashtirilgan. Avvaliga mijoz mikrokreditni va uning shartlarini o‘rganib, PulMan saytida shartlar bilan tanishib chiqadi. Keyin - arizani to‘ldiradi, u yerda o‘z ma’lumotlarini va kredit xususiyatlarini (qiymati, muddatlari va hokazolar) ko‘rsatadi. So’ngra - menejer qo‘ng‘irog‘i: u sizni qiziqtirayotgan barcha savollarga batafsil javob beradi va har qanday tafsilotlarni tushunib yetishga yordam beradi.

Barchasi kelishib olingandan so‘ng, faqat barcha zaruriy hujjatlarning asl nusxalari bilan eng yaqin joylashgan bo‘linmaga tashrif buyurish, shartnomani diqqat bilan o‘rganib chiqish, va, agar barchasi ko‘ngildagidek bo‘lsa, uni imzolash qoladi. Oxirida mijoz pullarni - naqd pulda yoki bank hisobiga olishni tanlaydi.

Rasmiylashtirishga tayyormisiz? Albatta oldindan maslahatlashib oling. PulManning yangi mahsuloti haqida batafsil ma’lumotlarni olish uchun kompaniya saytiga tashrif buyuring yoki 1328 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

®