Payshanba, 5-noyabr, 2026
Havo 91 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +19° kechasi +11°

Uzum Market ombordan tovarlarni olish uchun hujjatlar ro‘yxatini yangilamoqda

2026-yil 20-noyabrdan boshlab Uzum Market sotuvchisi yo‘riqnomasining 7.5-bandida tovarlarni ombordan olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarga qo‘yiladigan talablar yangilanadi.

1 daqiqa o‘qiladi

Uzum Market ombordan tovarlarni olish uchun hujjatlar ro‘yxatini yangilamoqda

Ro‘yxat biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish shakliga va tovarni aynan kim olib ketishiga bog‘liq.

Agar sotuvchi MCHJ shaklida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa va tovarni direktor olib ketsa, kompaniyaning ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, direktorni tayinlash to‘g‘risidagi buyruq va direktor pasportini taqdim etish zarur. Agar tovarni kompaniya xodimi olsa, qo‘shimcha ravishda xodimning pasporti va uning nomiga rasmiylashtirilgan ishonchnoma talab etiladi.

Agar tovarni YATT egasi olib ketsa, pasport va YATT ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjat kerak bo‘ladi. Agar tovar ishonchli shaxs tomonidan olinayotgan bo‘lsa, YATT’ning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjat, egasining pasport nusxasi, ishonchnoma va ishonchli shaxsning pasporti taqdim etilishi shart.

Batafsil ma’lumot bilan havola orqali tanishish mumkin.

Sotuvchilarga ombordagi tovarlarni kechiktirmasdan olish uchun barcha zaruriy hujjatlarni oldindan tayyorlab qo‘yish tavsiya etiladi.



Reklama huquqi asosida