O‘zbekiston o‘tgan yilda chet eldan $240.1 mln. qiymatda telefon import qilgan
Mamlakatga eng yirik mobil telefon olib kiriluvchi davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga 2023-yilda xorijdan qiymati 240,1 mln AQSh dollariga teng 3,4 mln dona mobil telefoni import qilingan.
Yildan-yilga oshib bormoqda
Statistika agentligining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, telefon importi 2022-yilga qaraganda 476 mingtaga oshganligi ma’lum qilindi.
Xitoy peshqadam
2023-yilda mobil telefonlar eng ko‘p import qilingan davlatlar:
- Xitoy - 3,1 mln dona;
- Vyetnam - 276,8 ming dona;
- Hindiston - 37, 2 ming dona;
- BAA - 7,8 ming dona.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida xorijdan qiymati 199 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,9 mln dona mobil telefon import qilingan edi.



