$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Pensiya tayinlashda nimalar o‘zgardi?

pensiya daftarchasi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Aksariyat o'zgarish pensiya tayinlash va ijara sohasida bo‘ldi. Xo‘sh, pensiya tayinlashda nimalar o‘zgardi?

12 oydan 24 oygacha

“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, pensionerga hisoblangan, lekin uning tomonidan talab qilib olinmagan pensiya summasini to‘lash muddati 12 oydan 24 oygacha uzaytirildi.

Shuningdek, fuqarolarga pensiya tayinlash uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qilish huquqi berildi.

Pensiyaning eng kam miqdori

Bundan tashqari, qonunda pensiyaning eng kam miqdori eng kam isteʼmol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligini belgilash, pensiyalar miqdorlarini yil davomida tovarlar va xizmatlarning isteʼmol narxlari indeksi darajasining o‘sish surʼatlarini inobatga olgan holda oshirib borish tartibi aniqlashtirildi.

Shu bilan birga “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi qonunga fuqaroda davlat pensiya taʼminoti huquqi yuzaga kelganligi to‘g‘risida Pensiya jamg‘armasi tomonidan Xalq bankiga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan maʼlumotlar fuqaroning pensiya to‘lovlarini olishi uchun asos bo‘lishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Ma’lumot uchun, hozir O‘zbekistonda pensiya oluvchilar soni 4 million nafarga yetgan. Nafaqa va moddiy yordam oluvchilar 2 million 471 ming 900 nafarni tashkil etadi.