$
 11825.40
-5.47
€
 13483.32
32.8
₽
 140.34
1.07
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻlim, umrbod qamoq yoki kastratsiya: Jahonda pedofillarga jazo qanday?

Pedofiliya

Namanganda 5 yoshli qizning jinsiy zoʻravonlik qurboni boʻlgani haqidagi xabar jamoatchilikni yana larzaga soldi. Xabarlarga koʻra, jinoyatda ombor mudiri gumon qilinmoqda. Bu mudhish hodisa bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun mavjud jazolar yetarlimi, degan savolni yana kun tartibiga olib chiqdi.

Pedofillarga qonunlarning “kuchi yetmayaptimi”?

Koʻplab jamoatchilik faollari, jumladan deputatlar ham pedofiliya uchun jazo choralari kuchaytirilishi lozimligini ta’kidlab bong uryapti. Negaki, bunday jinoyatlar uchun jazo choralarining kuchaytirilgani, ularga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish qoʻllanilmasligi ham yetarli boʻlmayapti. Goʻyo pedofillarga qonunlarning “kuchi yetmayotgandek”.

Dunyo davlatlarida pedofillar uchun jazo qanday?

Dunyo tajribasida ko‘rish mumkinki, ko‘plab rivojlangan mamlakatlar qonunlarida bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikni ayovsiz jazolash yo‘lga qo‘yilgan. Bu toifadagi shaxslar ro‘yxati, barcha ma’lumotlari ochiq saqlanadi. Hattoki ota-onalarga ularning yashash manzillarigacha taqdim etiladi.

Qozogʻiston

Qozog‘istonda 2016-yildan pedofillarga nisbatan kimyoviy kastratsiya shaklida keskin jazo chorasi qo‘llashga ruxsat berildi. Bu jinoyatni sodir etganlar esa umrbod ozodlikdan mahrum qilinishi belgilangan.

Qirgʻiziston

Ayni kunlarda Qirgʻizistonda pedofillar uchun oʻlim jazosini tiklash muhokama markazida boʻlib turibdi. Hozirda qonunchilikda voyaga yetmaganlar bilan jinsiy aloqada boʻlganlik uchun 3 yildan 15 yilgacha yoki umrbod qamoq jazosi mavjud.

Amerika

Amerikada pedofillarga kimyoviy va majburiy kastratsiya qilinadi. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun qamoq jazosini o‘tab chiqqan shaxslar suratlari va ma’lumotlari internetdagi milliy ma’lumotlar bazasida ochiq e’lon qilinadi. Ularga bolalar bilan ishlaydigan tashkilotlar, hududlar yaqiniga borish taqiqlanadi. Maxsus pochta ro‘yxati orqali barcha ota-onalarga bundaylarning yashash manzili taqdim etiladi.

Germaniya

Germaniyada bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik o‘lim bilan yakun topganda qotilga umrbod qamoq jazosi beriladi. Jinoyat turiga qarab 6 oydan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish mumkin. Germaniyada bunday odamlar ruhiy xasta hisoblanadi va ularga majburiy davo choralari qo‘llanadi. Shu bilan birga, ixtiyoriy jarrohlik kastratsiyasi qilinadi.

Ukraina

Ukrainada bunday jinoyat uchun 7 yildan 15 yilgacha (amnistiyasiz) qamoq jazosi beriladi. Pedofillarning ochiq reyestri yuritiladi va majburiy kimyoviy kastratsiya qilinadi. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilganlar ustidan umrbod ma’muriy nazorat o‘rnatilgan.

Polsha

Polshada ham pedofillarning ochiq reyestri bor. Ular muntazam kuzatuvda bo‘ladi. Ularning ro‘yxati rasmlari bilan ichki ishlar organlari, maktablar, bog‘chalar, oromgohlar – umuman bolalar bilan ishlaydigan har bir tashkilotda mavjud. Bu yurtda ham shunday jinoyatni sodir etganlar kastratsiya va 15 yildan 20 yilgacha qamoqqa mahkum qilinadi.

Shuningdek, Xitoy, Yaqin Sharq, Afrika, Lotin Amerikasi, Eron, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistonida bolalarni zo‘rlaganlik uchun o‘lim jazosi bor.

Теги :
Jamiyat