$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Sifatsiz kosmetika mahsulotlari mamlakatimizga qanday kirib kelmoqda?

p 3 18

Har yili oʻtkaziladigan “Kontrafaktsiz oy” doirasidagi tadbirda yurtimizga noqonuniy kirib kelayotgan koʻplab mahsulotlar, shu jumladan sifati nomaʼlum kosmetik vositalar ham aniqlandi. Xo‘sh, bu mahsulotlar qanday qilib yurtimiz bozorlariga erkin kirib kelmoqda?

“Kontrafaktsiz oy” nima?

Har yilning 15-fevralidan, 15-martigacha yurtimizda chetdan kirib kelayotgan va noqonuniy ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ichki bozordan olib tashlash maqsadida ushbu tadbir oʻtkaziladi. 2021-2022 yillarda mamlakatimizda boʻlib oʻtgan ushbu tekshiruv va surishtiruvlar natijasida 3000 xildagi kontrafakt mahsulotlar aniqlangan edi. Kontrafakt mahsulot – bu intellektual mulk huquqlarini buzgan holda ishlab chiqarilgan va sotiladigan tovarlar. Bunday mahsulotlar nafaqat fuqarolarning sogʻligʻiga, balki ichki bozorga ham jiddiy taʼsir koʻrsatishi bor gap, shuni hisobga olgan holda ushbu tadbir har yili Adliya vazirligi hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan tashkil qilinmoqda.

280 mingdan ziyod qutidan ortiq noqonuniy kosmetika mahsulotlari

Bojxona xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tergov va surishtiruv jarayonida 20 dan ortiq kosmetik vositalarni ishlab chiqaradigan kosmetika va parfyumeriya mahsulotlari sexlarining faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqida Bojxona qoʻmitasi axborot boʻlimi bosh inspektori Aziza Zoirova aytib oʻtdi. U ushbu surishtiruvda 280 ming qutidan ortiq kosmetik mahsulotlar vaqtincha saqlovga olingan boʻlib, ularning umumiy qiymati 10 milliard soʻmdan koʻproq ekanligini aytdi. U shuningdek bu ulkan muammo ekanligini, faqatgina yurtimizda emas, balki butun dunyoda mavjud muammo, ayollar aslida qaysi biri haqiqiy ekanligini bilmayotganligini, hozirda noqonuniy kosmetik mahsulotlarining umumiy qiymati yiliga 500 milliard dollardan ortiq boʻlib, umumiy savdo miqdorining 3,3 foizini tashkil etishini aytib, bunday sifatsiz mahsulotlar sogʻliqqa jiddiy taʼsir etishini taʼkidladi.

Sifatsiz kosmetika qanday kirib kelmoqda?

Yaqinda Toshkent viloyatining "Yallama" postidagi yuk mashina postda bojxona tomonidan toʻxtatib qolinib, unda roʻyxatda keltirilgan 13 turdagi mahsulot emas, balki 21 turdagi mahsulotlar, jumladan yuz uchun krem, loson, yuz niqobi, ifor taratuvchi suyuqliklar, surma kabi mahsulotlarni tayyorlash uchun kerak boʻladigan xomashyo qutilari borligi aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu mahsulotlarning umumiy qiymati 3 milliard soʻmdan ortiq boʻlishi mumkin. Bojxona xodimlari bu qutilar keyinchalik yurtimizda ushbu kabi mahsulotlar ishlab chiqarilishi hamda chet elda ishlab chiqarilgan kabi qadoqlar bosilib bozorga chiqariladi degan taxmin bildirdi va taxmin oʻzini oqladi ham.

Boʻkadagi “dunyo” parfyumeriya sexi

Bojxona xodimlari ushbu yuk mashinasining ortidan kuzatib, u boradigan Boʻkadagi kosmetik vositalarni ishlab chiqaradigan "xalqaro" sexni topishdi. Ushbu yashirin omborda Yevropa mamlakatlari, Koreya Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy kabi mamlakatlarning qadoqlari bilan kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarilib, milliy bozorda taqdim etishadi. Inspektor Aziza Zoirova ushbu holat bojxonachilar tomonidan vaqtida aniqlagan ekanligini aytib, bu orqali birinchi navbatda minglab yurtdoshlarimizning sogʻligʻi asrab qolinganligini aytdi.