Juma, 20-noyabr, 2026
Havo 66 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +17° kechasi +11°
Читать на русском

O‘zbekistonda ipoteka kreditlari hajmi qariyb 40 foizga oshdi

O‘zbekistonda aholi tomonidan uy-joy sotib olish uchun olinayotgan ipoteka kreditlari hajmi sezilarli darajada oshmoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

Ipoteka

2026-yilning yanvar–oktabr oylarida tijorat banklari tomonidan aholiga 23,6 trln so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 39,5 foizga ko‘p. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Birlamchi uy-joy bozori yetakchilik qilmoqda

Hisobot davrida yangi uy-joy sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi 17,4 trln so‘mni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning yanvar–oktabr oylariga nisbatan 42 foizga oshgan.

Ikkilamchi uy-joy bozorida esa kreditlash hajmi 33 foizga o‘sib, 6,2 trln so‘mga yetdi.

Ayollarga berilgan ipoteka kreditlari 67 foizga ko‘paydi

Joriy yilning 10 oyida erkaklar 12,2 trln so‘m, ayollar esa 11,4 trln so‘m miqdorida ipoteka krediti oldi.

O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, erkaklarga ajratilgan kreditlar hajmi 20,9 foizga oshgan. Ayollar olgan ipoteka kreditlari esa 67 foizga ko‘paygan.

Yoshlar 7,2 trln so‘mlik ipoteka kreditidan foydalandi

2026-yilning yanvar–oktabr oylarida yoshlarga ajratilgan ipoteka kreditlari soni 36,5 foizga oshib, 22,3 ming taga yetdi.

Ushbu toifadagi kreditlarning umumiy qiymati 7,2 trln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 42,9 foizga ko‘p.