$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Ichki yo‘llar, maktab, tibbiyot: “Tashabbusli byudjet”da qaysi muammolar bo‘yicha eng ko‘p ovoz to‘plandi?

Open Budget

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2024-yilgi 2-mavsumi doirasida g‘olib bo‘lgan loyihalar boʻyicha sohalar kesimida tahliliy ma’lumot taqdim etildi.

Qaysi hududda ko‘proq loyiha g‘olib bo‘ldi?

“Tashabbusli byudjet”ning ikkinchi mavsumida g‘olib bo‘lgan 1950 ta loyihaning eng ko‘pi Farg‘ona (211), Toshkent (196), Andijon (183) va Samarqand (182) viloyatlariga tegishli. Eng kam g‘olib bo‘lgan loyihalar Navoiy(75), Sirdaryo (76) hamda Jizzax (97) viloyatlarida kuzatilgan.

G‘olib bo‘lgan loyihalar soni hududlar kesimida

  • Qoraqalpog‘iston — 109 ta
  • Andijon — 183 ta
  • Buxoro — 123 ta
  • Jizzax — 97 ta
  • Qashqadaryo — 137 ta
  • Navoiy — 75 ta
  • Namangan — 167 ta
  • Samarqand — 182 ta
  • Surxondaryo — 129 ta
  • Sirdaryo — 76 ta
  • Toshkent viloyati — 196 ta
  • Farg‘ona — 211 ta
  • Xorazm — 110 ta
  • Toshkent shahri — 155 ta

Qaysi masalalar eng ko‘p golib?

1950 ta loyihaning eng ko‘p qismi (40 %) ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasida. Keyingi o‘rinlarni maktablar (24 %), tibbiyot tashkilotlari (16 %) hamda ko‘cha chiroqlari (3 %) masalalari egallagan. Ichimlik va oqova suv (1 %), shuningdek, maktabgacha ta’lim (2 %) masalalari eng kam g‘olib deb topilgan loyihalar hisoblanadi.

Теги :
Jamiyat