$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori 34 million so‘m jarimaga tortildi

open

O‘qituvchilarni “Tashabbusli budjet” loyihasiga ovoz yig‘ishga majburan jalb qilgan maktab direktorining xatti-harakatiga huquqiy baho berildi, deya xabar qildi Senat axborot xizmati.

Bu holat qayerda kuzatildi?

Jumladan, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya bunday holat Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 18-maktabda kuzatilganini aniqladi. 

Direktor maktab o‘qituvchilarini lavozim yo‘riqnomasiga kirmaydigan vazifaga majbur qilgani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 2-qismi (Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash, huquqbuzarlik ta’lim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa)ga asosan BHMning 100 baravari miqdorida (BHMning bir baravari hozirda 340 ming so‘m, 1-oktyabrdan boshlab 375 ming so‘m) jarimaga tortildi.

Milliy komissiyadan eslatma

Milliy komissiya mas’ullarni, shuningdek, ish beruvchilar va hudud rahbarlarini xodimlarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga chaqirdi.

“Konstitutsiyamizga muvofiq, har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun adolatli haq olish huquqiga egaligi, shuningdek, mamlakatimizda majburiy mehnat taqiqlanganligi hamda milliy qonunchiligimizda bolalar mehnati va majburiy mehnat uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangani haqida eslatib o‘tamiz”, deyiladi xabarda.

Теги :
Jamiyat