$
 12815.13
12.07
 13898.01
-4.83
 133.20
1.36
weather
+26
Кечаси   +14°

Ona tilini mukammal bilish ish haqining oshishiga olib keladi — tadqiqot

pul

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) tomonidan ona tilini bilish darajasining umumiy ta’lim darajasiga va ikkinchi chet tilini o‘rganishga ta’siri baholandi.

Mahalliy tilga ko‘proq e’tibor qaratadigan mamlakatlarda ijtimoiy taraqqiyot yaxshilanadi

Mutaxassislar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, ona tilini puxta o‘rganish inson kapitaliga qilingan muhim sarmoyadir. Ona tiliga asoslangan ta’lim (Mother Tonguye Based) aholining savodxonligini oshirish bilan birga muvaffaqiyatli o‘qish va mehnat bozoriga kirish imkoniyatlarini oshiradi. Shuningdek, mahalliy tilga ko‘proq e’tibor qaratadigan mamlakatlarda ijtimoiy taraqqiyot, harakatchanlik va kapitalning yaxshilanishi aniqlangan.

Ona tilini bilish chet tillarini o‘zlashtirish ehtimolini oshiradi

Ekonometrik tahlil natijalariga ko‘ra, ona tilini bilish chet tillarini o‘zlashtirish ehtimolini oshiradi. Bu esa ta’lim darajasini oshirish orqali ish haqining o‘sishiga olib keladi. O‘zbekistonda har bir qo‘shimcha o‘qilgan ta’lim yili ish haqining 8,79 foizgacha o‘sishiga (dastlabki tadqiqotda Jizzax viloyatida 12,5 foizgacha) olib kelishi ma’lum bo‘ldi. 

Shuningdek, o‘rta yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lgan yoshlar orasida chet tillarini bilish ehtimolligi yuqori ekanligi aniqlandi. YUNESKO (UNESCO) tadqiqotiga ko‘ra, o‘rta muddatli istiqbolda ona tiliga asoslangan ta’lim dasturlarida o‘qigan bolalar nafaqat savodxonlik ko‘nikmalarini, balki o‘ziga bo‘lgan ishonch va madaniy g‘ururni ham oshiradi. Ona tilini mukammal bilish chet tilini o‘rganishga yordam berib, o‘z navbatida ish haqining (ikkinchi tilni bilgani uchun) oshishiga olib keladi. Shuningdek, ona tilini o‘rganishdagi ko‘nikmalardan ikkinchi va uchinchi chet tillarini o‘zlashtirishda keng foydalaniladi. Bunda ona tilidan to‘g‘ri foydalanish ikkinchi tilni o‘rganishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi amaliyotda o‘z isbotini topgan.

Теги :
Жамият