$
 11833.37
35.91
 13577.61
-30.76
 139.79
0.02
weather
+26
Кечаси   +14°

Dam olish kunlari o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutib turibdi?

Kuz Foto: Gazeta.uz

“O‘zgidromet” dam olish kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida kam bulutli va iliq ob-havo kuzatiladi.

Kechasi havo harorati 17–20 daraja, kunduzi esa 31–34 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Janubiy viloyatlar va cho‘l hududlarida kunduzgi harorat 35–37 darajagacha ko‘tariladi.

Bunday harorat sentabr oyining ikkinchi yarmi uchun belgilangan iqlimiy me’yordan 2–4 darajaga yuqori hisoblanadi.

20-sentabrda harorat pasayadi

20-sentabr, yakshanba kuni janubiy viloyatlardan tashqari respublikaning boshqa hududlarida bulutlilik kuchayadi. Shu bilan birga, kunduzgi havo harorati 2–3 darajaga pasayishi kutilmoqda.

Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shuningdek, 20-sentabr kuni O‘zbekistonning cho‘l va tog‘li hududlarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. Ayrim joylarda kuchli shamol chang-to‘zon bilan birga kuzatilishi mumkin.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Poytaxtda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Toshkentda kechalari havo harorati 18–20 daraja bo‘ladi. 18–19-sentabr kunlari kunduzgi harorat 32–34 darajani, 20-sentabrda esa 30–32 darajani tashkil etadi.

Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.

Теги :
Jamiyat