$
 12456.25
45.26
 14461.71
223.82
 158.36
-0.02
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Gazetaning kelajagi yo‘qmi?: O‘zbekistonda radio va gazetalar soni so‘nggi 8 yillikda qisqarib bormoqda

Gazeta

O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Toshkentda bo‘layotgan “Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi” doirasida 2016−2024-yillar oralig‘ida O‘zbekistondagi OAVlar faoliyatda qanday o‘zgarishlar yuz berganini ma’lum qildi.  

Yangi ma’muriyat davridagi OAV

Axborotga ko‘ra, 2016—2024-yillar oralig‘ida O‘zbekistondagi OAVlar soni 1 514 tadan 2 349 taga ko‘paygan. Bunda jurnallar soni 309 tadan 866 taga, telekanallar — 65 tadan 89 taga, internet nashrlari esa — 395 tadan 738 taga ortgan. Yana shular ma’lum bo‘ldiki, 8 yil davomida 6 ta axborot agentligi o‘z faoliyatini boshlagan. Faol blogerlar soni 50 nafardan 1 200 nafarga yetgan. Biroq bu davr ichida gazetalar soni 691 tadan 600 taga (15 foiz), radiolar esa 35 tadan 29 taga (25 foiz) kamaygan.

Bosma nashrlar raqobatga chiday olmayapti

AOKA direktori Asadjon Xodjayev gazeta va radiolar soni kamayganini avvallari bosma nashrlarning aksariyati davlat tomonidan berilgan subsidiyalar hamda shartnomalar orqali chop etilgani, hozirda esa axborotga ko‘proq ishlov berilayotgan va uni yetkazish raqamli texnologiyalar orqali amalga oshirilayotgani bilan izohladi. Rahbarning ta’kidlashicha, bu axborotga ishlov berish va unga ketgan xarajatlarning qisqarishiga hamda tezkorlikka olib kelmoqda. Masalan, gazetani chop etish xarajatlari qog‘oz, bo‘yoqlar va boshqalarga ketadi. “Bularning barchasi bir dona gazetani chiqarish uchun ketadigan xarajat. Lekin siz kompyuter olsangiz, yil davomida u orqali yangiliklarni kiritib borishingiz mumkin, ya’ni elektron nashrlar tomonidan beriladigan axborotga nisbatan xarajatlar tannarxi qisqarib boryapti. Shu sababli bosma nashrlar bu borada raqobatga chiday olmayapti”, — deydi u.  

Доим ҳам объектив эмас» — АОКА директори Ўзбекистондаги матбуот эркинлигини  баҳолайдиган хорижий ташкилотлар ҳақида – Ўзбекистон янгиликлари – Газета.uz

Bu dunyodagi umumiy tendensiya

Rahbarning ta’kidlashicha, bosma nashrlarga o‘rgangan auditoriya an’anaviy matbuotni o‘qigisi keladi. “Gazeta-jurnallarning o‘z o‘quvchilari bor, ular ma’lum miqdorda saqlanib qoladi va umuman yo‘q bo‘lib ketmaydi. Qisman elektron formatga o‘tishi mumkin, biroq baribir bosma nashrlar qisqaradi, bu dunyodagi umumiy tendensiya”, — deya qo‘shimcha qildi AOKA direktori. Xodjayev hozirgi paytda o‘zbek radiolari zamonaviy media bilan raqobatga kirishayotganini aytar ekan, bugungi kunda striming uchun juda kam resurs sarflanishi, bu esa onlayn nashrlarga ustunlik berayotganini qo‘shimcha qiladi. Shuningdek, u radio ham butunlay yo‘qolib ketmasligini ta’kidlab o‘tadi.

Теги :
Jamiyat