$
 11813.09
-7.39
 13677.20
-88.93
 135.61
-1.9
weather
+26
Кечаси   +14°

Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar nafaqa to‘lanadi

Ona va bola

O‘zbekistonda joriy yilning oxiriga qadar ehtiyojmand aholini ijtimoiy reyestrga kiritish tartibi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazib, Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ushbu yo‘nalishda aniq topshiriq berdi. Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolarning faqat daromadi emas, balki surunkali kasallik, nogironlik holati, ko‘p bolalilik hamda oila a’zosining xorijda ishlayotgani kabi qator omillarni qamrab oladigan ko‘p o‘lchovli baholash tizimiga o‘tiladi.

Kichik yoshli farzandi bor oilalar

Mamlakatda umumiy kambag‘allik darajasi 3,9 foizga tushgan bo‘lsa-da, 3 yoshgacha farzandi bor oilalarda mazkur ko‘rsatkich o‘rtacha 6,5 foizni tashkil etmoqda. Shu sababli davlat rahbari ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan yangi yondashuvlarni belgilab berdi.

“Bola parvarishlayotgan ota-onalarni uyida yoki mahallada ishli va daromadli qiladigan tizimni yo‘lga qo‘yamiz”, – dedi prezident.

Shuningdek, ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanishi belgilandi.

Mehnatga layoqatsiz oilalarni qo‘llab-quvvatlash va “passiv daromad”

Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalarga “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paket uchun joriy yil 300 milliard so‘m ajratilgan. Bunday yordam olgan 11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oshgani qayd etildi. Yig‘ilishda bir haftada ushbu tizimni davom ettirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

Ta’lim va maishiy xarajatlar uchun 12 oylik vaucherlar

Kelgusi yildan boshlab reyestrga kiritilgan ehtiyojmand oilalar uchun yangi imtiyozlar tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

“Kelasi yildan reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha badali, o‘quv markazi to‘lovi, yo‘lkirasi hamda oliygohdagi yotoqxona xarajati vaucher orqali qoplab beriladi”, – dedi davlatimiz rahbari.

Ushbu vaucher 12 oy muddatga beriladi va ehtiyojmand oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham o‘z amalda bo‘lish kuchini saqlab qoladi.

Теги :
Jamiyat